Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati
Kimki uzoq safarga olgan ekan yo’l,
Hammangizga maslahat katta:
Barcha kulftlar oldini olib,
qilingiz SUG`URTA
TURIZMDA SUG`URTA
6.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilish zaruriyati
O`tkan yillar statistikasi va amaliyoti shuni ishontirib tasdiqlaydiki, yildan yilga fuqarolarimizning yaqin va uzoq chet el safarlariga chiqish ko`rsatkichlari jadal ravishda o`sib bormoqda. Biroq oddiy chet elga chiquvchi fuqaro (sayyoh) yo`lga otlanar ekan, avvalambor, o`zga mamlakatning go`zal tabiati, tog`larning viqori, sof havosi, chang’ida uchish, Misr ehromlarini ko`rish, ajabtovur o`simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi bilan tanishish , Karib dengizining tiniq, toza suvlarida cho`milish, bir so`z bilan aytganda, faqat yaxshi va yoqimli narsalar to`g`risida o`ylaydi, oldiga dunyoni ko`rish, o`zga mamlakat madaniyati bilan tanishish, tinch, zavq bilan dam olishni, sog`ligini musthkamlashni maqsad qiladi.
Afsuski, kamdan kam odam bunday “shirin hayollar” og`ushida bo`lganida, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kutilmagan ko’ngizsizliklarni hayoliga keltiradi. Ammo kutilmaganda falokat har qanday chet elga chiquvchi fuqaroning yo`lidan chiqishi mumkin. Masalan, favqulodda kasallikka chalinishi, qattiq tish og`rig`i, turli jarohatlar, , hujjatlarni yo`qotib qo`yish, buyumlarning o`g`irlanishi, ularning buzilishi, turar manziliga zudlik bilan qaytish zaruriyati va ko`plab boshqa hollar.
Shunday og`ir ahvolda qolgan, chet davlatida sayyohlarga kim madad bo`la oladi? Kim ma’muriy, tibbiy, yuridik va shu kabi zaruriy yordamlatni ko`rsata oladi? Albatta, faqatgina sug`urtachilar.
Bundan tashqari, barcha rivojlangan mamlakatlarning elchixonalarida, sug`urta polisiga ega bo`lmagan shaxslarga viza ochilmaydi. Shu yerda muhim xulosaga ega bo’lamiz, har qanday chet elga chiquvchi fuqaro uchun sug`urta zaruriy ehtiyojdir.
Afsuski, barcha sayyohlar ham buni tushunaverishmaydi. Ba`zilari sug`urta pulini 10-20 AQSH dollarini ayab qolishmoqchi, yoki eng arzon sug`urta qoplamasi uchun shartnoma (kelishuv) tuzishni afzal bilishadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, hasis, ziqna odam 2 marta to’laydi. Chet eldagi tibbiy xizmat ko`rsatish narx navosi bizning mmlakatdan tubdan farq qildi. Misol uchun, oddiy shamollashni davolash o`rtacha hisobda Gretsiyada 250 dollar, Ispaniyada 200, Frnsiyada esa 430 dollarni tashkil qiladi. Vrach huzuriga tashrif buyurish 60-80 dollar (narx mamlakatga qarab o`zgaradi), Shifoxonada bir kunlik palata haqi 300-1000 dollar , reanimatsiya 1000-1500, tibbiy tez yordam mashinasidan foydalanish soatiga 60-80 dollar.Shu bilan birga ta`kidlash lozimki, oxirgi yillarda og`ir va juda qimmat sug`urta holatlari, ular orasida o`lim bilan yakunlangan va jasadni turar joyiga qaytarish zaruriyati bo`lgan hollar ham, ko’p kuzatilmoqda.
An`anaviy sayyohlik markazi bo’lgan davlatlarda ham sug`urta muhiti birmuncha yomonlashgan. Buning asosiy sabablaridan biri qilib, sayyohlarning chet elda o`zlarini tuta bilmasliklari, u yerning axloq qoidalariga rioya qilmasliklarini ko`rsatish mumkin. Qisman bo’lsada, bu muammoni sayyohlik firmalarida mijozlar bilan chuqur tushuntirish ishlari olib borish orqali, o`zga davlat odob qoidalarini uqtirish bilan hal qilsa bo`ladi.
Tabiiyki hech kim falokatni oldindan ko`ra olmaydi. Lekin mijozlar bilan sodir bo`layotgan ba`zi bir ko`ngilsizliklarni oldini olish mumkin. Chet elga chiqayotib, sayyoh har qanday holatda ham, katta o`zgarishlarga duch keladi: iqlim almashinishi, syvning kimyoviy tarkibi, ovqatlanish tartibining o`zgarishi va boshqa ko’plab o`zgarishlar. Sug`urtachilar bularni o`rgangan holda, tashabbusni o`z qo`llariga olishmoqda. Masalan, Moskvaning bir sayyohlik firmasi bilan hamkorlikda ishlab keladigan “Spasskie Vorota” sug`urta kompaniyasi chet elga chiquvchilar bilan batafsil suxbat o`tkaza boshladi. Natija kutilganidek, oxirgi vaqtlarda bu firma tomonidan tashkillashtirilgan Italiyaga bo’lgan sayyohlik safarlari hech qanday sug`urta holatlarisiz kechmoqda.
Sayyohlar ko`p tashrif buyuradigan va shu sababli eng ko’p sug`urta holatlri vujudga keladigan mamlakatlardan biri bu Turkiyadir. Bu yerda eng ko’p chet elga chiquvchi fuqarolar uchraydigan noxushlik – gastroenterit. Gastroenterit – oshqozon- ichak yo`lining yalliglanishi, shuningdek bu yerda gastroenterit deyilganda turli xildagi oshqozon ichak og`riqlari, diareya, dizentiriya, ovqatdan zaxarlanish tushuniladi.
Masalan, kunlarda sodir bo`lgan hodisa. “Banko” information xizmati va ”RATA news” gazetalarining xabar berishicha, Turkiyaning “SultonSaroy” mehmonxonasida sayyohlarning ommaviy ovqatdan zaxarlanish holati kuzatilgan. Zaharlanganlar soni 500 kishidan ortdi, ulardan 45tasi reanimatsiya qilindi. Buning sababi qilib, sayyohlarning juda yuqori haroratda iste`molga yaroqsiz bo’lgan mahsulotlarni iste`mol qilganliklari ko’rsatildi.
Turkiyada sodir bo’ladigan noxushliklar bo’yicha keyingi eng keng tarqalgani barcha formadagi shamollashdir. Va nihoyat, keying o`rinda turli jarohatlar. 45 daraja issiqda, spirtli ichimliklarni qabul qilgan holda parashutdan sakrash, suv chang’isida uchish oqibatida sayyohlar jarohatlaroladilar: pay cho’zilishi, lat yeyish, ko’karish.
“Spasskie vorota” sug`urta kompaniyasi xodimlarining qayd etishicha, keying paytlarda Turkiyada avtomobil halokatlari soni ortmoqda. Agar oldin bunday holatlar yiliga 2 martadan oshmagan bo’lsa, hozir bu ko`rsatkich 3 barobar oshgan. Tobida dam olishni o’ylab, juda zo’r avtomobil haydovchilari ham, o’zg a davlat yo’l harakat qoidalarini o`rganib chiqishni unutmoqdalar.
1998 yilda Turkiyada tibbiy xizmat ko`rsatish haqi 30%ga oshdi, ammo bu tibbiy xizmat sifatini oshishiga olib kelishini umid qilmasa ham bo’ladi. “Inko” sug`urta kompaniyasining bergan ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi mavsumda chet elga chiquvchi fuqarolar huquqlarini buzilish holatlari ko’paygan. Masalan, mehmonxonalarda xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlari tomonidan o’tkir oshqozon ichak kasalliklarining, masalan dizentiriya, bekitilishi. Bu vrachlik etikasining jiddiy buzilishi bo’lib, noto’g`ri diagnoz qo’yilishiga va davolash no’to`gri olib borilishiga, bemorning holati og`irlashishiga olib keladi.
Turkiyada duch kelinishi mumkin bo’lgan yana bir muammo – bu kasallikka chalingan chet elga chiquvchi fuqaroga yordam so`rab receptionga murojaat qilishi maslahat qilinadi, keyinchalik receptionda murojaat etish mumkin bo’lgan vrach to’g`risida ma`lumot beriladi. Odatda, bunday vrachlar mehmonxona bilan shartlashgan bo’lib, ko’pincha sug`urta polisini tan olmaydi. Tan olsa ham, hujjatlarni noto’g`ri, e`tiborsizlik bilan to’ldiradi. Masalan, sayyohning ismi, familiyasi noto`g`ri yozilgan. Bunday vaziyatlar esa sug`urta amaliyotida juda kata xatodir. Chunki kelishuvga binoan, sug`urta xarajatlatni barcha qog’ozlarni to’g`ri to’ldirilsagina qoplab beriladi.
Ikkinchi o’rinni (Inko kompaniyasi ma`lumotlariga qaraganda) Misr egallaydi. Bu mamlakat sayyohlik biznesining o`ziga xos bir jihati bor. Bu yerda har zamonda qandaydir infeksiya tarqalish holati kuzatiladi. Ammo kurortlarda kasallanishlar soni, sug`urtachilar fikriga ko`ra, firmalarda sayyohlarning tibbiy kartasi o`rganib chiqilsa, emlashlar o`tkazilsa, mahsulotlarni sifatini tekshirib turilsa, keskin kamaygan bo’lar edi.
Sug`urta holatlari soni bo`yicha uchinchi o`rinni, “Reso Garantiya” sug`urta kompaniyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, Ispaniya va Kipr egallab turishibdi. O`tkan mavsumning yoqimli o`zgarishi bu Ispaniyada o`tkir oshqozon infeksiyalariga chalingan sayyohlar sonining kamayishi bo’ldi. Shu bilan birga “Spasskie vorota” kompaniyasi bu yerda jarohatlanish yuqori ko’rsatkichlarda ekanini ta’kidlab o’tdi. O’sha mavsumda 2ta jiddiy yo’l harakati hodisasi.
Kiprda esa chet elga chiquvchi fuqarolarda odatda “kichik ko’ngilsizliklar” sodir bo’ladi: infeksion kasalliklar, shamollash,
Tibbiy jihatdan noxush o`lkalar deya boshqa issiq iqlimli mamlakatlarni ham qo’shsa bo’ladi. Bular Afrika, BAA, Tailand (qishda). Buning sababi oddiy- issiq o’lkaga sovuq mintaqadan kelgan sayyoh, avvaliga quyosh ostida kun bo’yi toblanish oqibatlarini unchalik o’ylamaydi. Bu davlatlar safiga Turkiyani ham kirgizsa bo’ladi. Masalan, 65 yoshli Tyumendan kelgan nafaqaxo’r ayol oftob urishi oqibatida insult bo’lgan, 2 yoshli Sibirdan bo’lgan bolakay esa xuddi shu sabab tufayli, shuningdek organizm suvsizlanishidan olamdan o’tdi.
Eng kam sug`urta holatlari rivojlangan Yevropa davlatlarida ( Germaniya, Fransiya, Avstriya, Shveytsariya) qayd etilmoqda. Sug`urtachilar buni quyidagicha tushuntirib berishmoqda: bu mamlakatlarda aniq bir qatlam: ziyoli, tinch, osuda oromni xushlovchilar dam oladi, janubga esa odatda mazza qilib, butun quvvatini sarflash darajasida ko’ngil yozmoqchi bo’lganlar yo’l oladi. Bunday chet elga chiquvchi fuqarolar oqibatda, o’z dam olish ta’tillarini tibbiy bo’limda o’tkazishadi.
Oxirgi yilda yana bir qancha salbiy oqibatlarga olib keluvchi urflar paydo bo’lmoqda. Masalan, turli hastaliklarga chalingan , kata yoshli, nafaqaxo’r sayyohlarning sog’lig`i to`g`ri kelmaydigan mamlakatlarga yo’l olishi, farzandlarini ziyorat qilish uchun dunyoning narigi chekkasiga otlanishi va shu sababdan safar davomida sog’ligining yomonlashuviga olib keladi. Umuman olganda, uzoq safar, iqlim almashinuvi, soat mintaqalari o’zgarishi, ovqatlanish tartibi buzilishi yoshi kata sayyohlarning sog’lig’ida aks etadi.
Boshqa bir urflardan biri- sayohatga 2-3yoshli bolakaylarni olish. Lekin ba’zi bir ota-onalar undan ham o`tib tushib emizikli, hali emlanmagan chaqaloqlarni ham o’zi bilan ta’tilga olib ketishmoqda. Agar ota-ona 5 yulduzli mehmonxonada, qayerdaki bolakaylarga kerakli bo’lgan e’tibor, sharoitlarni yaratib ber olishadi, to’xtasa baxs qilmas edik. Ammo 2-3yulduzli mehmonxonalarda yetarli sharoit bo’lmasligi ehtimoli juda katta.
Sug’urtachilarda ko’pincha muammolar guruhni kuzatib boruvchi ishchilarning uquvsizligi tufayli ham kelib chiqadi.
Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urta qilinishida alohida ahamiyatga ega bo’lgan omil – chet elga chiquvchi fuqarolarning xavsizligi, haq huquqlarini himoya qiluvchi kafolatning yo`qligidir.
Hozirgi kunda bu yetarli darajada qator qonunchilik, huquqiy normativ hujjatlar bilan mustahkamlab qo’yilgan. Hususan, Rossiya Federatsiyasining “Iste`molchi huquqlari” to’g`risidagi qonuni tadbirkorlik subyektlari va tegishli xizmatlarga buyurtma beruvchi fuqarolar o`rtasidagi (shu o`rinda 1996yilgacha sayyohlik firmalari va sayyohlar aloqalarini ham) munosabatlarni tartibga soldi, ularning bajarilish majburiyatini joriy etdi. “Rossiya Federatsiyasida turizmni rivojlantirish” programmasiga muvofiq, 1996 yil 24-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan sayyohlik korxonalari va sayyohlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi va huquq, majburiyat va burchlarni aniqlashtirib beruvchi “Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonuniga imzo chekdi. Bu qonunning qabul qilinishi ommaviy turizmning paydo bo’lishi va shu sababli bu sohaning chet elga chiquvchi fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati bilan tushuntiriladi.
“Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqarolik faoliyat asoslari” federal qonuni qabul qilinishi bilanoq chet elga chiquvchi fuqaro o`z haq huquqlarini nafaqat tur doirasida himoyalanishi, balki chet elga chiquvchi fuqaroik mahsulot to’g`risida berilyotgan ma’lumotlarning haqqoniyligini va uning ichiga kiruvchi boshqa qator xizmatlar sifatinitalab qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Agar oldin “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida” gi Qonundan ishlab chiqarilgan tovarni sotishga aloqador alohida bir normani olib, uni chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat shakliga moslashtirilgan bo’lsa, maxsus qonun qabul qilingach barcha baxsli savollarning tartibli yechimi paydo bo’ldi. Sayyohlarning huquq va erkinliklari, manfaati va xavfsizligini himoya qilish maqsadida, chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni litsenziya qilish, turoperator va turagentlar faoliyatining standartlashtirishi qonunlari davlat tomonidn belgilangan,
1998 yil 26sentabrdan kuchga kirgan “Alohida olingan faoliyat turlarini litsenziyalashtirish ” chet elga chiquvchi fuqarolik litsenziyalarini alohida shartlari tartibini ta’minlaydi. Turfirma tomonidan bu shartlarning bajarilmasligi chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni amalga oshirish huquqini likvidatsiyasiga olib kelishi mumkin. Rossiya Federatsiyasining “Standartlashtirish to’g`risida”, “Tovar va xizmatlarini sertifaklash” va “Reklama tog’risida” qonunlari iste`molchiga chet elga chiquvchi fuqaroik xizmatlarning sifatini tekshirishda davlat nazorati vositlari bo’lib xizmat qiladi. Shu asnoda, sertifikat shuni tasdiqlaydiki, sayyohlik firmasi sayyohga safar xavfsizligini, mulk, salomatlikning saqlanishi, sifatli xizmat ko`rsatishni va boshqalarni kafolatlaydi. “Sertifikatlashtirish to’g’risidagi” qonun chet elga chiquvchi fuqaro bilan bir qatorda chet elga chiquvchi fuqaroik firmani ham himoyalaydi: birinchi holda chet elga chiquvchi fuqaroik firma tomonidan qonunchilik bilan belgilangan, xizmatning normativ va kelishuv aktlarini aniq va to’liq ravishda bajarilishi bo’lsa; ikkinchi holda chet elga chiquvchi fuqaro tomonidan chet elga chiquvchi fuqaroik firmaga ko`rsatilgan xizmatning sifati va bajarilishi kerak bo’lgan majburiyatlar hajmiga nisbatan asossiz ayblovlarni qo’yishi.
Biroq chet elga chiquvchi fuqarolarning huquqiy himoyasini ta`minlovchi qonunlar, huquqiy normative aktlar yetarli darajada bo’lsa ham, ularning aksariyati mukammallikdan, xalqaro standartlardan yiroqdir. Shu sababdan fuqarolarning chet elga sayohat uchun chiqishlari soni ortar ekan, potensial chet elga chiquvchi fuqarolarning sayyohlik firmalariga bo’lgan shikoyatlari ham kundan kunga ortib bormoqda va chet elga chiquvchi fuqaro hamda turfirma munosabatlari yomonlashuviga olib kelmoqda. Shikoyatlarning umumiy oqimini quyidagicha bo’lish mumkin:
- Sayyohlik firmasi tomonidan va`da qilingan xizmatlarning tegishlicha bajarilmasligi yoki umuman bajarilmasligi;
- Tur programmasiga kiritilgan o’zgarishlr to`g`risida sayyohning o`z vqtida ogohlantirilmasligi;
- Tur to’g`risida ishonchsiz va noaniq ma`lumotlar taqdim etilgani;
- Tur shart sharoitlarini o’zgarishida sayyohlik firmasi majburiyatining cheklanishi;
- Iste`molchiga ko’rsatilayotgan chet elga chiquvchi fuqaroik xizmatning xavfsizlik huquqining buzilishi.
Ko’pchilik turfirmalar kelayotgan shikoyatlarni kelajakda ularni oldini olish, keyinchalik ish faoliyatida buni e’tibordan chetda qoldirmaslik niyatida kuzatib, tahlil qilishadi. Shu qatorda chet elga chiquvchi fuqaroga ma`naviy va moddiy zarar uchun kompensatsiya miqdori ham belgilanib boriladi. Afsuski, bu aksariyat sayyohlik firmalari tomonidan amalga oshirilmaydi. Aksincha, ular orasida, potensial chet elga chiquvchi fuqarolarning ko’pchiligi ham qonun tomonidan belgilangan va kafolatlangan o’z haq huquqlarini bilmasliklaridan foydalangan holda (sayyohlik firmasining xodimlari ularga buni tushuntirishni hayoliga ham keltirishmaydi) faqat o’z shaxsiy foyda va manfaatini o’ylab harakat qilishadi. Shunday ekan, shu kabi turfirmalarga bo’lgan shikoyatlar kundan kunga yuqori turuvchi davlat organlariga (Rossiya Federatsiyasining sport, jismoniy madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi mahsus komissiya, prokuratura, davlat soliq qo’mitasi, sayyohlik xizmatlarini sertifikatlashtirish organlari, monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi, iste`molchilar huquqlarini himoya qiluvchi jamiyat), ommaviy axborot vositalariga (gazeta, radio, televidenie, internet), fuqarolik sudlariga taqdim etilmoqda. Aksariyat holatlarda sud qarori jabrlanuvchi (sayyoh) foydasiga hal etilsa ham, bungacha juda ko’p vaqt, harakat va mablag’ sarf etiladi.
Aytilgan barcha gaplardan quyidgi mantiqiy xulosa kelib chiqadi: nafaqat sayyohlarning, balki sayyohlik firmasining ham manfaatlarini oddiy, tez, oson ravishda himoya qilish usuli bu sug`urta qilishdir. “Rossiya Federatsiyasi hududida chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyat asoslari” federal qonunida aytiladiki, turizm xavfsizligini ta`minlash (shaxsiy, chet elga chiquvchi fuqarolar mol mulkining xavfsizligi, atrof muhitga zarar yetkazilishi) v chet elga chiquvchi fuqaroik faoliyatni amalga oshirish (turoperatorlik, turagentlik faoliyati, sayohatlarni tashkillashtirish) sug`urta qilish yordmida amalga oshiriladi. Bunda sayyoh talabiga binoan turoperator (turagent) kasallanish va baxtsiz hodisa bo’lsa, sug`urta xizmatining ko`rsatilishi uchun sharoit yaratishda yordam beradi, shuningdek boshqa ma`muriy, yuridik, uchinchi shaxslar oldida javobgarlik, o’lim holati va b.da ham sug’urtalashda yordam ko’rsatadi.
Afsuski hozirgi kungacha chet elga chiquvchi fuqaroik firmalar tomonidan sug`urta qilish qo’shimcha og’irlik sifatida qaraladi. Bunday firma xodimlari sug`urta xizmatlarini tegishlicha sota olmaslik qanchalik zarar keltirishi mumkinligini hattoki tasavvur qila olishmaydi. Bundan tashqari, shubxali sug`urta polisini sotish bilan chet elga chiquvchi fuqaroik firma o’zining moliyaviy ahvolini o`rtaga qo’yadi, shu qatorda ishonchli sug`urta xizmatini taklif etish turfirmaning obro’sini oshiradi va sayyohlar ko’zida o’z firmasiga bo’lgan ishonchni orttiradi, eng asosiysi firma byudjetini keraksiz harajatlardan asraydi.
6.2 Chet elga chiquvchi fuqarolarni (sayyohlarni)sug`urta qilishning o’ziga xos jihatlari
6.2.1 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug`urtalashning asosiy turlari
Turizmda sug`urta qilish – sug`urtaning o`ziga xos ko`rinishi bo’lib, chet elga chiquvchi fuqaroik sayohat, shoptur, biznes sayohat va boshqalar vaqtida fuqarolarning mulkiy(moliyaviy) manfaatlarining sug`urta himoyasini ta’minlaydi. U sug`urtaning yuqori tavakkallik risk, turiga kirib, unga qisqa muddatlilik (6 oygacha), sug`urta holatining sodir bo’lish payti va qoplanishi kerak bo’lgan zararning noaniqligi bilan ajralib turadi.
Chet elga chiquvchi fuqarolarning sug`urtasi deyilganda, odatda turli kasalliklar, jarohatlar, o’lim, tur davomida bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni hisobga olgan holda o’z xohishi bilan amalga oshiriladigan tibbiy sug`urtalash, o’zi bilan olib ketiladigan shaxsiy buyumlar va bagaj, mulkni sug`urtalash, uchinchi shaxslar, atrof muhitga yetkazilishi mumkin bo’lgan zararni qoplaydigan fuqarolik majburiyatini sug`urtalashtushuniladi.
Ammo sanab o’tilganlar sug`urtalashning yagona xillari emas, bulardan tashqari sug`urta kompaniyalari yana ko’plab chet elga chiquvchi fuqaroik sug’urtalash turlarini taklif qila oladilar. Masalan, Yevropaning eng yirik sug`urta kompaniyalaridan biri- Europe Assistance o’zining mijozlariga nafaqat tibbiy sug`urtalashni, balki yuridik, information assistanceni taklif qiladi.
Bunday sug`urtalash Rossiya sug`urtalash kompaniyalarida deyarli uchrmaydi. Kamdan kam sug`urta kompaniyalari o`zlarining chet eldagi hamkorlari bilan birgalikda chet elga chiquvchi fuqarolarning huquqiy va ma`muriy javobgarliklarini sug’urta qilishni taklif qiladi. Qulay marshrutlar to’g`risida, madaniy hordiq chiqarish joylari, ko’ngilochar maskanlari haqidama’lumot beruvchi information assistance xizmati bizning chet elga chiquvchi fuqarolarimizga umuman notanishdir.
Bundan tashqari yana ko’plab Rossiyada uchramaydigan sug’urtalash turlari mavjud. Ammo baribir ba`zi kompaniyalar sug`urt bozoriga butun dunyo sayyohlriga ma`lum bo’lgan sug`urta turlarini olib kirishga harakt qilmoqdalar. Shunday qilib, “Russkiy straxovoy sentr” o’zining hamkori Europe Assistance bilan birgalikda yukni sug`urtalash dasturini ishlab chiqdi. Sug`urta qoplamasi yukning aviatsion, suv, yoki temiryo’ldan foydalangan holda, davlatdan chiqishda yoki kirishda yo’qotilgani, yo’q qilingani, cho’ktirib yuborilgani, yaroqsiz ahvolga keltirilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ko’rsatilgach to’lanadi. Qisqa qilib aytganda, bu kompensatsion sug’urta bo’lib, ba`zi noqulayliklarga ega. Shumga qaramasdan, faqat ba`zi bir kompaniyalar tomonidan taklif etiladigan bu xizmat turi, chet elga chiquvchi fuqarolarda qiziqish uyg`otmoqda.
“Russkiy straxovoy sentr” taklif qilayotgan boshqa bir sug`urta xizmati bu baxtsiz hodisadan sug`urtalashdir. Sug`urta hodisasi sodir bo’lganda sug`urta kompaniyasi, nafaqat jabrlanuvchining tuzalishi uchun zarur ambulatory, statsionar davolanish, opertsiya, davolash maskaniga yetkazish, balki jabrlanuvchi bilan bo’lgan shaxsga ham uni kuzatish uchun kerakli mablag’ni;uning ovqatlanishi va turar joyi uchun qo’shimcha harajatlarni to’laydi. Baxtsiz hodisa holatidajuda kata hajmdagi xizmatlar amalga oshirilishi zarurligiga qaramasdan, bu turdagi sug`urta tarifi nisbtan arzon, kuniga 10 sentdan to’laniladi.
Europe Assistance bilan birgalikda ” Russkiy straxovoy sentr” o`z xizmatlari ko’lamini chet el chet elga chiquvchi fuqarolariga taklif qilinayotgan xizmatlarning barchasi darajasida kengaytirish niyatida. Ma`lumki, xorijlik chet elga chiquvchi fuqarolar, o’zg o’lkaga sayohat uyushtirar eknlar, barcha turdagi sug`urta xizmatlarini o’z ichiga olgan sug`urta polislarini buyurtm qiladilar. Rossiya kompaniyalari esa mijozlarga hozircha cheklangan xizmat to`plamini taklif eta oladilar. Biroq xorij sug`urta kompaniyalarining ishi birmuncha yengilroq, o’sha Europe Assistance, GESA kabi kompaniyalar sug’urta polislari nafaqat Fransiya, balki boshqa Yevropa davlatlari Germaniya, Belgiya va boshqalar hududida ham haqiqiydir.
” Russkiy straxovoy sentr” o’z xizmatlari ko’lamini kengaytirish maqsadida uchinchi shaxslar mulkiga (mehmonxona, restoran va boshq.) yetkaziladigan zarardan sug`urtalash- rus sug`urta xizmatlari bozorida yangi dasturni ishlab chiqdi. Ung ko’ra, sug`urta holati deb, buyumga, mulkga yetkazilgan to’g`ridan to’g’ri zarar, chet elga chiquvchi fuqaro tomonidan “bexosdan, bilmagan holida” keltirilgan bo’lsa aytiladi. Ziyoli, badavlat mijozlarga Biznes kard kategoriyasidagi, deyarli barcha davlatlarda o’tuvchi dastur taklif etiladi. Sug`urta holati sodir bo’lganda bu dastur bo’yicha jabrlanganlarga tibbiy xizmat harajatlarigina emas, balki huquqiy yordam, tezkor yordam, yo’qolgan yukni topishda yordam ko’rsatiladi.
Biznes kard sug`urta polisining yillik narxi 30 dollarlik franshiza, 25000 dollarlik qoplash limiti bilan 150 dollar (Silver Business card), franshizasiz zararni qoplash limiti 35000 dollar bo’lgan polis narxi 250 dollar. Umuman qilib aytganda, Biznes Card- korporativ sug`urta polisi bo’lib, tez tez xizmat safari bilan chet mamlakatlarga tashrif qiluvchilar uchun qulay, shu bilan birga sayohat davomiyligi 3 oydan oshmasligi lozim.
Rossiya sug`urta kompaniyalari turagentliklar bilan ishlashning foydali jihatlarini axiyri ko’ra boshladilar. Shuning uchun ularning ba’zilari sayyohlik ishini rivojlantirish turoperatorlari uchun maxsus chegirmalarni joriy qilishmoqda.
Shuningdek, turli xildagibelgilangan xizmatlarnigina o’z ichigaoluvchi, imtiyozli tariflarga minimal polislarni sotish amaliyoti ham joriy etilmoqda.
Rossiya bozorida yuqori mavqega ega “Harbiy sug`urta” kompaniyasi yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini o’ylab tuzilgan yangi turdagi xizmatlar va sug’urta dasturlarini taklif qilmoqda.
Econom class polisi:
- Favqulodda tibbiy xizmat ko’rsatish, davolanish kursi;
- Tibbiy maskanga yetkzish, tibbiy marshrut;
- O’lim holatida tanani peneatriyasi qilish zaruriyati bo’lsa
Business Card polisi, Econom klass polisining barcha xizmatlarni ichiga oluvchi,
jumladan,
- Tezkor favqulotda tish og’rig`i davolanishi harajatlari
Biznees Klass polisi xizmatlari ichida mavjud VIP sug’urta polisi
- Sug`urta hodisasida tibbiy xizmat zarur bo’lgan mijozni kuzatib boruvhi shaxs harajatlari;
- Mijozning vaqtidan ilgari, majburiy vataniga qaytishini tashkillshtirish va harajatlarini amalga oshiradi.
- Sug’urtalangan shaxsning farzandlari qarovsiz qolishi holatida ularni o’z vataniga yuborish harajatlarini qoplaydi
- Sug`urtalangan shaxsning huquqiy administrativ manfaatlarini himoya qilish
- Hujjatlar yo’qolishi sababli vujudga kelgan muammolarni hal qilish
Avtotransport sug’urta dasturi sayohat davomida avtomobil bilan bog’liq hodisalarga mijozning tushib qolishgan endi. Shuningdek ba`zi kompaniyalar fuqarolik sug’urtasini taklif qiladi. Sayohatda shu tufayli keltirilgan zararni qoplaydi, yuridik xizmat ko’rsatadi.
6.2.2 Chet elga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilishning ba`zi maxsus ko’rinish va turlari
Bu sug`urtalash turi sayohatning noqulay ob havo sharoiti tufayli vujudga keladigan noqulayliklar, brogan manzildan hech qayerga chiqa olmaslik, rejalashtirilgan amallarning o’xshamay qolishidan sug`urta qilish, shuningdek ba`zi sabablar tufayli turning annulyatsiya qilinishi (mijoz yoki uning yaqin qarindoshining kasallanishi, sud javobgarligi va boshqalar ) jarimasini to’lashni o’z bo’yniga oladi. Amaldagi qonunchilik doirasida va ijro etuvchi hokimiyatning sug’urta faoliyatiga mas`ul organning joriy huquqiy normative aktlariga zid kelmagan holda mustaqil ravishda sug`urtachilar har bir sug’urtalash turining qonun qoidasini ishlab chiqadilar. Shuning uchun sug`urta kompaniyasi bilan kelishuv shartnomasini imzolashdan avval, potensial chet elga chiquvchi fuqaro bu qonun qoidalar bilan tanishib chiqishi va safar mobaynida ularga amal qilishga majbur.
Rossiyada sayohatchilarni (chet elga chiquvchi fuqarolar) sug’urta qilish nisbatan yangi ko’rinishni kasb etadi. U 90-yillar boshlarida, mamlakatda chetga chiqish urflashayotgan paytda, chet elga chiquvchi fuqarolarimiz hayotning achchiq haqiqati bu dunyoda faqat o’ziga ishonib suyanish mumkinligin anglayotgan bir vaqtda vujudga keldi.
Sug`urta boshqa davlatga chiqishda majburiy bo’lmasada juda zarurdir. Safarga chiquvchilar odatda o’zlarining syohatlari to’g’risida ma’lumot to’plar ekanlar, qayerda yashaydi, nima iste’mol qiladi, qaysi joylarni ziyorat qiladi va boshqalar haqida bosh qotiradi. Ammo kamdan kam chet elga chiquvchi fuqaro qaysi sug’urta kompaniyasi polisini xarid qildim,baxtsiz hodisa bo’lsa bu kompaniya tegishli yordamni tashkillashtira oladimi, kerakli xizmatlar ko’rsatiladimi, sug’urta holati sodir bo’lsa nima qilish kerak, shu kabi fikrlarni hayoliga keltiradi. Natijada sug’urta holati sodir bo’lsa, chet elga chiquvchi fuqaro mutlaqo o’zini tutishni bilmay qoladi.
Keltirilgan savollarga o’z vaqtida javob topish va sug`urta hodisasiga tayyor bo’lish chet elga chiquvchi fuqaroga kutilmagan vaziyat vaqtida juda asqotishi tabiiy. Bunda eng muhimi sug’urta kompaniyasi va sug’urtalash sxemasi to’g’risida chet elga chiquvchi fuqaro bilan batafsil suhbat olib borilishidir. Hozirgi kunda asosan 2 xil tartibda sug`urtalash amalga oshiriladi.
Birinchi sxemada (kompensatsion) sug`urta holati sodir bo’lganda chet elga chiquvchi fuqaroning o’zi tibbiy, yuridik, transport xizmatlariga haq to’laydi va vataniga qaytganda sug’urtalash kelishuvi amalga oshirilgan sug’urta kompaniyasiga tegishli hujjatlarni (sug’urta akti, hisobotlar, cheklar va boshq.) taqdim etadi. Agar hujjatlar hqiqiyligi tasdiqlansa, sug’urta kompaniyasi zarar miqdorini belgilaydi va mijoz o’z pulini qaytarib oladi. Agar sug’urta kompaniyasi tomonidan zararni to’lash rad etilsa, ish fuqarolik sudida hal qilinadi.
Bunday sug’urtalash tartibining eng katta salbiy jihati chet elga chiquvchi fuqaro bu holatda o’zi bilan doimo kata miqdordagi pulni ko’tarib yurishiga to’g’ri keladi. Ikkinchi slbiy tomoni chet elga chiquvchi fuqaroning vataniga qaytganida o’z pulini qaytarib olishining kafolatlanmaganligidir. Bunda sug’urtachilar ba’zi bir sabablarni vaj qilib pulni qaytarishdan bosh tortishi mumkin. Shu sababdan bu sug’urtalash tartibi psevdo sug’urtalash” deb atalib, hozirgi kunda kam qo’llaniladi.
Ikkinchi sxemada (servisli, qo’llab quvvatlash) sug’urtalash xizmati kamida 2ta kompaniya shartnoma tuzilgan mahalliy su’g’urta kompaniyasi va uning chet davlatlaridagi hamkorlari, bir nechta assistance kompaniyalari tomonidan ko’rsatiladi. Bunda mijoz sug’urta kompaniyasiga faqat sug’urta holati haqida ma’lumot bersagina bo’ldi. Keyinchalik hamma vazifalarni assistance kompaniyalari o’z bo’yniga oladi.
6.3 Assistance sug’urta kompaniyalari
Sug`urta polisida biron bir sug`urta holati amalga oshsa, polis sohibi maxsus bo’lim- qayd etilgan assistance servis kompaniyasining dispetcher markaziga qo’ng’iroq qilishi lozimligi ilova qilingan. Hususan, shu qo’ng’iroqdan keyin sug`urtalangan shaxsga yordam ko’rsatish mexanizmi ishga tushadi. Ko’rsatilgan telefon raqamini esa mubolag’asiz sug’urta xavfsizlik xizmati deb aytsa bo’ladi. Xo’sh bu kompaniya o’zidan nimani kasb etadi va u qanday faoliyatni amlga oshiradi?
Bu biznesning tarixi o’tkan asrning 50-yillaridan, xorijda odamlar migratsion yoki harbiy sabablarga ko’ra ko’chib ketishi kamayib, balki sayyohlik uchun bir davlatdan boshqa davlatga o’tishni boshlaganlaridan boshlanadi. Yangi Dunyo sayohatchilari eskisiga safar uyushtira boshladilar, yevropaliklar urushdan oldingi marshrutlarni qayta tiklashga erishdilar. Shu bilan birga o’zimizning zaifligimizdan hayron edik.Afsonaga ko’ra, bir kuni Kanadalik badavlat sayyoh Fransiyada baxtsiz hodisa qurboni bo’ldi. U yiqilib hushini yo’qotgan, uyg’onganida esa hamyonining ham yo’qligini aniqladi. Tabiiyki, unga yordam ko’rsatilgan va u kishi bu yordam uchun tegishli haq to’lagan.Holat o’z yechimini topgan. Ammo vataniga qaytgach bu hol uni sayyohlarga yordam ko’rsatuvchi xizmatni tashkil etish va unga pul sarflash fikriga keltirdi. Deyarli bir vaqtning o’zida Yevropa va Amerikalarda bir qator kompaniyalar paydo bo’ldi. Ularning har birining nomida assist so’zi ishlatilgan. Assist- inglizcha yordm ko’rsatish degan ma`noni anglatadi. Darhol butun dunyo bozorida sug’urta xizmatlari orasida raqobat boshlandi.
U yoki bu kompaniya bilan bo’lgan hamkorlik sug`urta kompaniyasining haqli ravishda raqobatbardoshliligini oshiradi. Sug’urtalanganlar mamnunligi, ularning xavfsizligi 99% sug`urta kompaniyalarining hamkorlari chet davlatidagi assistance sug’urta kompaniyalariga bog’liq. Bu xizmatning eng asosiy vazifasi kutilmagan holatlarda chet elga chiquvchi fuqarolarga zudlik bilan tibbiy, yuridik, texnik, ma`muriy va boshqa yordamlarni ko’rsata olish.
Chet elga chiquvchi fuqarolar bilan shartnoma tuzadigan ularga xizmat ko’rsatadigan sug’urta kompaniyalari odatda bir nechta servis kompaniyalari assistorlar ko’rinishida turli davltlarda o’z hamkorlariga ega bo’ladi. Assistorlar professional tilde yordam ko’rsatuvchi kompaniyaning atalishi. Bu u yoki bu holatdan chiqishda asqotadi.
Ba’zi bir sug`urta kompaniyalari o’zlarining yordamchi kompaniyalarini tashkil etishgan. Sug’urtalangan shaxsga yordam ko’rsatish texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi: chet elga chiquvchi fuqaro- turfirmaning mijozi, turfirma vositachiligida taklif qilingan yoki o’ziga yoqgan xorijiy sug`urta kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Sug`urta holatida u assistor dispetchetrlik markazi navbatchi operatoriga ma’lumot bildiradi, ya`ni qayerdaligi, nima sodir bo’lganini aytadi. Operator jabrlangan oldiga correspondent,maxsus mutahassisni yuboradi, unga yordam ko’rsatish operatsiyasi tartibi tushuntiriladi. Korrespondent eng yaqin tibbiy maskanni topadi va u yerda davolovchi vrach bilan ko`rsatilishi lozim bo’lgan yordam to’g’risida kelishib oladi. Xizmatlar haqini assistor amalga oshiradi, u bilan sug`urtachi o’rtasida tegishli shartnoma, kelishuv tuzilgaan bo’ladi. Barchasi mantiqiy va har bir bo’g’inning o’z vazifasini to’g’ri bajarishiga qarab sifatli va ishonchli ham.
Tabiiyki, hech qaysi servis kompaniyasi, juda keng yoyilgan xalqaro korrespondentlar tarmog’iga ega emas. Shuning uchun amalda barcha servis kompaniyalar o’zaro hamkorlik kelishuvlari bilan o’zaro bog’langanlar. Bu o’z navbatida global assistorlar tarmog’ini keltirib chiqardi, shu bilan birga uning tarkibiga Rossiya sug`urta xizmatlari bozori ham kirgan. Sug’urtalanganlarga xizmatlar assistorlar bilan shartnoma tuzgan tibbiyot maskanlari, xususiy vrachlar, transport tashkilotlari, avtomobil ijarasi byurolari tomonidan ko’rsatiladi. Bu haqli ravishda butunjahon qutqaruv xizmatidir.
Servis kompaniyasi nihoyatda mukammal mexanizm bo’lib, 24sotlik operatorlik xizmatidan tashqari sug`urtalangan shaxsga yordam ko’rsatishga ko’maklashuvchi boshqa zudlik bilan ko’rsatiladigan xizmatlarni ham amalga oshiradi.
Sayyoramizning turli qismlarida bu kompaniya o’zining kadrlar bo’limi, moliya, tijorat, logistika, texnologiya, information bo’limlariga ega, bundan tashqari vrach ekspertlar ham.
Rossiya sug`urta xizmatlari bozorida mijozlar tomonidan eng ko’p xarid qilinadigan bu tibbiy assistance dir. U vrach ko’rsatmasiga doir bo’lgan davolanish narxini to’laydi, maxsus transportirovka va kasallangan fuqarolarni shifoxonaga joylshtirish, vrach va tibbiy personal ish haqi, dori darmon narxi ham shuning ichida. Agar tibbiy ko’rsatma bo’yicha bemorga keyinchalik yana qandaydir davolanish yoki uyiga qo’yib yuborish kerak bo’lsa bemorni joyidan ko’chirish ham to’lanadi.
Tibbiyot xizmatidan tashqari ko’pchilik assistanslar boshqa yana bir nechta xizmatlarni taklif qiladi, ya`ni qo’shib aytganda superassistansni taklif qiladi.
- Jabrlanganning repatriatsiya qilish va yashash manziliga yetkazish;
- Yukni jo’natib yuborish;
- Advokat yollash;
- Yoz va qishda jabrlanuvchilarni tog’lardan qidirish, topish.
Yo’l transport hodisasi, yo’lda bo’lgan baxtsiz hodisalarda sayohatchilarga quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:
- Avtomobilni texnik xizmat ko’rsatish bo’limiga yetkazish, remont uchun ketuvchi yetkazilgan zararni qoplash;
- Transport yaroqsiz holatga keltirilsa mijoz va uning sheriklarini uyiga yetkazish uchun transport havola qilish;
- Tezkor ravishda ehtiyot qismlarni almashtirish jarayonida turar joy harajatlarini qoplash.
Bundan tashqari aviayukni sug’urtalashni, chet elga chiquvchi fuqaroning favqulodda uyga qaytishi, tog’larda yo’qolib qolgan chet elga chiquvchi fuqarolarni qidirishni o’z ichiga oluvchi assistanslar ham bor.
Qo’llab quvvatlash kompaniyalari
Bu kompaniyalar o’zidan yuqori darajali mutahassislariga ega, butun dunyoda yoyilgan hamkorlar tarmog’iga ega bo’lgan kompaniya. Bu yerda mijozlarga yuqori darajada, malakali tezkor yordam ko’rsatishadi.
Tariflangan xizmat asosiy hisoblanib, mijoz o’zini safar mobaynida xavfsiz va qulay his qilishi uchun qo’shimcha xizmatlarni harid qilishi mumkin, ular esa sug’urta dasturiga kiritiladi.
Quyida bu hizmatlardan bir nechtasini ko’rsatib o’tamiz:
- Hayotni sug’urta qilish. Baxtsiz hodisa tufayli sug’urtalangan shaxs hayotdan ko’z yumsa kompaniya uning yaqin qarindoshlariga sug’urta qoplamasini, bu qoplamada belgilangan limitning 100 % miqdorda to’lab beradi.
- Sug’urtalanganning oila a’zolarini favqulotda transport harajatlarini qoplash. Masalan, bir ayol farzandlari bilan safarga chiqdi. U bexosdan kasallanib shifoxonaga tushib qoldi. Bolalar yolg’iz qoldilar. Shunda ularning otasi tezda bu davlatga uchib kelishi va ularni o’z vataniga olib ketishi kerak. Buning barchasi oila byudjetidan qoplanadi. Agarda ayolning sug’urta dasturi yuqoridagi hizmatlarni o’z ichiga olganda yo’l harajatlari sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanardi.
- Avtohalokatdan so’ng yuridik qo’llab quvvatlash va ssuda.
Yana bir holatni tasavvur qilaylik. Sug’urtalangan chet elga chiquvchi fuqaro ijaraga mashina oldi va avtoxalokatga uchradi. Unga yuridik yordam zarur. Bunday holatda sug’urta kompaniyasi nafaqat yordamni taklif etadi, balki uning hizmat haqini to’laydi. Agar sug’urtalangan shaxs avariya tufayli qamoqqa tushsa yoki ozodlikdan mahrum etilishi mumkin bo’lsa, sug’urta kompaniyasi unga pul evaziga chiqish uchun ssuda taqdim etadi.
- Bagajni sug’urtalash. Sug’urtaning bu turi – sug’urtalangan shaxs shaxsiy buyumlarini - avtotransport vositalarisiz yuk bo’limiga solingan yoki qo’lda olib ketayotgan, chet el mehmonxonasida qoldirgan buyumlarni tushuniladi. Sug’urta holatlari sifatida buyumlarini o’g’irlanishi, bagajga zarar etkazilishi yoki shuningdek, yukni sug’urtalashda sug’urta kompaniyasi shaxsiy hujjatlar, pul, qimmatbaho qog’ozlar, zargarlik buyumlari va san’at asarlariga yoki uning qandaydir qismiga ma’suliyatni o’z bo’yniga olmaydi. Tegishli pul qoplamasini undirish uchun sug’urtalangan shaxs, joyida yo’qolgan buyumlarni (zararlangan buyumlar) qayd qilish hujjatlarini tuzist tashkillashtirishi lozim. Bu hujjatlar rasmiylashtirilisida transport tashkiloti xodimlari, sayyohlik guruhi boshlig’i, mexmonhona administratori yoki mahalliy qonun himoya organlari xodimlari bo’lishi lozim.
- Sayohatga chiqa olmaslik holatidan sug’urta. Keling, mana buholatni ko’raylik. Mijoz chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmani ancha oldin xarid qiladi, lekin sayohatdan oldin sodir bo’lgan ba’zi-bir kutilmagan holat tufayli bu sayohatga bora olmaydi. Chet elga chiquvchi fuqaroik kompaniya jarima sanksiyalariga ko’ra chet elga chiquvchi fuqaro yo’llanma pulini 100% gacha yo’qotishi mumkin. Bu holatda sug’urta kompaniyasi yordamga keladi. Kompaniya, shuningdek sayohatning muddatlari bilan bog’liq harajatlarni quyidagi holatlarda qoplaydi:
- O’lim, kasallik, sug’urtalangan shaxs yoki yaqin qarindoshlari jarohati;
- Sud jarayonini sayohat paytida amalga oshirilishi kerak bo’lsa, sud qaroriga ko’ra sudlangan shaxs unda ishtirok etishi lozim bo’lsa;
- Harbiy hizmatlarni o’tash uchun chaqiruv qog’ozi bo’lsa;
- Sudlangan shaxs uy-joyi, mol-mulki uchichi shaxs tomonidan qasddan yoqib yuborilsa yoki boshqa harakatlar sodir etilsa;
- O’z vaqtida topshirilishiga qaramay vizani ololmaslik
Agar sayohatni amalga oshirishda turfirma tufayli yoki qabul qiluvchi tomon kelishilgan majburiyatlarni bajarmasa, sug’urta kompaniyasi tomonidan kompensatsiya to’lanmaydi.
Bu va boshqa turdagi sug’urta xizmatlarini qator Yevropada va butun dunyoda syg’urta komnaniyalari: Elvia, GESA, Roland Assistance, COKIS, SOSAssistance, MercureAssistance va boshqalar taklif qiladi.
Shveysariya sug’urta kompaniyasi Elvia, Rosgosstraxning tibbiy va avtomobil assistans xizmatlarini amalga oshirishadi, shuningdek chet elga chiquvchi fuqaro repartatsiyasi va tanani tashishda kuzatib ketuvchilarni tashishda hamkordir. Avtomobil o’g’irlanish holatida, shuningdek avariyada avtomobil yaroqsiz holatga kelib qolgan bo’lsa, firma haydovchi va yo’lovchilarni vataniga qaytishlarini to’lab beradi.
Eng kata fransuz kompaniyasi GESA tibbiy polislardan tashqari uy assistansini taklif qiladi, bir necha qo’shimcha xizmatlarni taklif qiladi:
- Qarovsiz qolgan bolalarni evakuatsiyasi;
- Chet elga chiquvchi fuqaroni yoki yaqin qarindoshni uyga qaytishini tashkillashtirish va bu harajatlarni qoplash;
- Qasddan qilinmagan qonunbuzarlik sharoitida yuridik yordam ko’rsatish;
- Huljjatlar yo’qolishi, bilet yoki yukni adashib boshqa manzilga jo’natishda mamuriy yordam ko’rsatish.
GESA kompaniyasi bilan Rossiya sug’urta bozorida faol tarzda Plansta Fond, Dina, EvroPolis, Viktoriya va boshqalar. Hozirgi vaqtda GESA 5 mintaqada 60 ta mamlakatlarda xizmatlar ko’rsatadi, u o’z faoliyatini 24 ta dispetcherlik markaz va 600 dan ziyod xodimlari (vrach, yurist, chet elga chiquvchi fuqaroik agentlar), bilan tashkil etadi.
Tibbiy assistans taklif etadigan “Eventa” bilan hamkorlik qiladigan nufuzli Roland Assistance (Germaniya) sug’urta kompaniyasidir. “Eventa” sug’urta kompaniyasi polisi transnational pul E80 da 100 merd y.e capital bilan sug’urtalangan.
Shuning uchun ham bu kompaniya mijozlarga kichik cutkalik tariflarda sug’urta qoplamasini taklif qiladi.
50 mamlakatda qo’llangan bo’lib, 05-155 minutgan telefon qo’ng’roqlarini bepul amalga oshirish mumkin. Sug’urta holatida polisda ko’rsatilgan telefonga qo’ng’iroq qilib yordam olish mumkin.
Azaldan faoliyat yuritib kelayotgan Indosstrax ros sug’urta kompaniyasi chet eldagi hamkorlari Mercury Assistance va France Siocours bo’lib, ular turizmning ambulator va statsionar davolanishni qoplaydilar. Hamda Ingosstax katta limitli 75-100 y.e. sug’urta polisini va kichik 10-25 y.e. sug’urta polisini sotadi.
Biroq barcha potensial chet elga chiquvchi fuqarolar bilishi lozimki, barcha assistance kompaniyalar sug’urta qoplamasidan chiqarib, ma’suliyatni o’z bo’yniga olmaydigan, harajatlarni qoplamaydigan 2 holat bor:
- Xronik kasallliklarni davolash, chet elga chiquvchi fuqaroning axvoli kasallik tufayli og’irlashib, hayotiga xavf solishi bundan mustasno;
- Profilaktika va konsultatsiya;
- Stomatologiya va ko’z jarroxligi (favqulonda holatlardan tashqari);
- Plastic operatsiyalar va boshqalar.
Barcha assistance xarid qilingan polis miqdoriga qarab chet elga chiquvchi fuqaroik guruhlarga chegirmalar qiladi. Ko’pincha 5 dan 16 yoshgacha bo’lgan bolallarga chegirmalar qilinadi, ammo 60 yoshdan polis qiymati 1.5 marta ortadi, 75 yoshdan kattalarga 3 marta ortadi yoki umuman sotilmaydi.
Qisqa muddatli shopturlarga yo’l olgan, sug’urta qoplamasi 500-3000 AQSH dollari bo’lgan, chet elga chiquvchi fuqarolarning tibbiy xarajatlari, bu harajatlarni, sug`urta holatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etiganda, mamlakatga qaytib kelgandandan so’nggina qoplanadi. Misol sifatida katta xalqaro AXA Assistance servis kompaniyasini olsak. Bu kompaniya rus sug`urta bozorida Inter Partner brendi ostida ham mashhur. “Turbiznes” jurnali korrespondenti kompaniyaning Myunxen bo’limida bo’lib qaytdi. Bosh ofis Parijda joylashgan va unda 550 mutahassis ishlaydi. Kompaniyaning boshqa bir yirik ofisi Londonda joylashgan. U yerda 350 xizmatchi faoliyat yuritadi. Kompaniya 1959 yilda tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 3000dan ziyod inson bu yerda ish bilan band. Servis kompaniyasining hamkorlari bu sug`urta kompaniyalari, yoki yirik tizim va korporatsiyalardir. AXA Assistance da ulr: xalqaro pul to’lash tizimlari American Express, Europay, Mastercard Platinum, Diners Club plastic kartalari egalari, Renault, Daewoo korporatsiyalari xodimlari, dunyoning 71 mamlakatidagi sug`urta kompaniyalari mijozlaridir. Servis kompaniyasi, harbiy holat e’lon qilingan davlatlardan tashqari deyarli har yerida o’z xizmatlarini taklif etadi.
Dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, AXA kompaniyasi xizmatlaridan foydalnanish huquqiga ega chet elga chiquvchi fuqarolar Myunxendagi call centre ga o’zlarining muammolari haqida xabar bera olishlari mumkin. Xizmatchilar umumiy hisobda 14ta turli tilda gaplasha oladilar, majburiy, bilishi lozim bo’lgan tillar ingliz va nemis tillaridir. Deyarli butun xizmat ko’rsatish tizimi, telefon qo’ng’irog’idan to sug’urta kompaniyasiga hisobot berishgacha avtomatlashtirilgan, va tekshirilib boriladi. Har bir qo’ng’iroq magnit tasmaga yoziladi, mijozning arz qilishi holatida foydalaniladi.
Operatorga qo’ng’iroq qilib tushgandan so’nggi dastlabki soniyalardan, operator sug`urta hodisasi sodir bo’lgan joydan eng qisqa masofada joylashgan mutahassis bilan bog’lanadi va unga xizmatlardan foydalanish to’g’risida so’rov haqida xabar beradi. Bu degani, jarayon online tarzda amalga oshiriladi. Mutahassis tegishli muassasalarga xabar beradi va ko’rsatmalar beradi. Asosiy ko’rsatiladigan xizmat avtomobil hodisalari- avtomobil kalitini yo’qolib qolishidan avtohalokatlargacha 49%; qolgan xizmatlar:
- Tibbiy assistans- 29%;
- Yuridik yordam- 9%;
- Bolalarga qarab turish va boshqalar.-13%;
Sug`urta servis kompaniyasining hayotida logistika va informatika
bo’limlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ularni kompaniyaning bosh miyasi deb atasa ham bo’ladi, yangi texnologiyalarni kiritish, yangi information mahsulotlar yaratish, operativ qaror qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.
Logistika va informatika bo’limlari bosh miya bo’lsa, moliya va ma’muriy
bo’limlar qon va nerv sistemalaridir. Moliya bo’limi barcha kiruvchi va chiquvchi harajatlar hisobotini yuritadi, moliyaviy balansni tekshiradi. Ma’muriy bo’lim esa koordinatsion va boshqaruv funksiyalarni amalga oshiradi. Bu bo’limning asosiy vazifasi butun tizimning to’g’ri va aniq faoliyatini ta’minlashdir.
Marketing va tijorat bo’limi sug`urta xizmatlari bozorini o`rganib chiqib, nimaga talab yuqoriligini aniqlaydi. Sug`urta kompaniyalari bilan kelishuv, shartnomalar tuzadi. Turli mamlakatlarda sodir bo’lgan sug`urta holatlari statistikasini amalga oshiradi. Reklama information dasturni amalga oshirish ham shu bo’lim zimmasiga yuklatilgan.
Hech kimga sir emaski bunday tizimning xatosiz ishlashi uchun yuqori malakali mutahassislarsiz ta’minlab bo’lmaydi. Personal yuqori darajada zamonaviy hisoblash texnikalarini ishlata oladigan, marketing va menejmentning asosiy qonunlarini bilishi, asosiy tillarni (ingliz, xitoy, nemis, ispan, yapon) bilishi kerak. Bu kadrlarni AXA servis kompaniyasining kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’limi amalga oshiradi.
Tibbiy servis kompaniyaning vrachlar va tibbiyot muassalari bilan bog’lanishni tashkil qiluvchi operatorlik faoliyatiga kiradi. Shuningdek, American Express xodimlariga 24soatlik dispetcherlik va xizmat ko’rsatishni amalga oshiradi.
6.4 Sug`urta holatida chet elga chiquvchi fuqarolarning harakatlari
Chet elga chiquvchi fuqaroik yo’llanmada ko’rsatilgan joylarda ovqatdan zaharlanish, kasallikka chalinish, jarohatlanish, baxtsiz hodisaning sodir bo’lishida amalga oshirishi kerak bo’lgan harakatlar:
Sugurta holati sodir bo’lgan daqiqadan boshlab 24 soat ichida o’zi yoki chet elga chiquvchi fuqaroik sayohat guruhi raxbari orqali sug’urta polisida ko’rsatilgan telefon, telefaks va boshqalar orqali servis xizmatning dispetcherlik markaziga qo’ng’iroq qilishi va quyidagilar haqida ma’lumot berishi lozim:
- Jabrlanganning ism sharifi, sug`urta polisining raqami va amal qilish muddati;
- Manzil, telefon yoki telefaksning raqami;
- Qisqacha nima bo’lganini, diagnozni aytish.
Telefon qo’ng’irog’i sug’urta kompaniyasining hisobidan amalga oshiriladi. Servis kompaniyasi bilan o’z vaqtida bog’lanish, holat haqida to’g’ri ma’lumot berish, va hujjatlarni to’g`ri rasmiylashtirish sug’urta qoplamasining undirilib olishining asosi hisoblanadi.

- Chickamauga Essay Research Paper Title Book Review
- Child Abuse An Analysis And Review Essay
- Child Abuse Essay Research Paper Americans Must
- Child Abuse Essay Research Paper By definition
- Child Abuse Essay Research Paper Child AbuseWhy
- Child Abuse Essay Research Paper Official definitions
- Child Abuse Essay Research Paper Part 1Child
- Chechnya A War That Can
- Cheese Essay Research Paper OUTLINEDavid WeinerI On
- Cheever Essay Research Paper Themes of Old
- Chemical Compounds Bromine Essay Research Paper The
- Chemical Reactions And ID Reactants And Products
- Chemist Essay Research Paper Becoming a chemist
- Chemistry AcidBase Titration Essay Research Paper Chemistry