Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari

MUNDARIJA

Kirish.............................................................................................................

2

I BOB

Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirishning nazariy asoslari…………………………….…

5

1.1

Turizm industriyasi tushunchasi.....................................................

5

1.2

Turizm sohasida xorijiy investitsiyalar tushunchasi....................

14

1.3

Turizm industriyasida xorijiy investitsion jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati..........................................................................................

20

II BOB

Samarqand shahri turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish holati va amalga oshirish mexanizmlari..................................................................................

28

2.1

Turizm industriyasida xorijiy investitsiya siyosatning shakllanish hususiyatlari va vazifalari……..………………………................

28

2.2

Samarqand shahridagi turistik tashkilotlarda investitsion jarayonlarning rivojlanish holati ……………………………….

35

2.3

Turoperatorlik firmalarida investitsion siyosat samaradorligini oshirish vositalari, usullari va shakllari tahlili………………...….

39

III BOB

Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari…………………………………....

46

3.1

Turistik operatorlik faoliyatida investitsion faollikni oshirishning xorijiy tajribasi..…….....……………………………………....…

46

3.2

Turistik tashkilotlarda investitsion faollikni oshirish yo’llari.....

55

3.3

Turizmda xorijiy turistlarning hayoti havfsizligini ta’minlashning o‘ziga xos hususiyatlari…………..................................................

66

Xulosa............................................................................................................

71

Tavsiyalar.......................................................................................................

73

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…….....................................................

74

Ilovalar...........................................................................................................

75


 

KIRISH

 

Hozirgi kunda turizmning jahon xo‘jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u muhim makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi ko‘pgina davlatlarning daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida asosiy o‘rin tutmoqda. Shu jihatdan O‘zbekistonda mazkur tarmoqqa e’tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalikning barcha tarmoqlarida tub islohotlar olib bormoqda. Jumladan, turizmni rivojlanishiga ham davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga bo’lgan kata e’tibor natijasi o’laroq 2014 yilning 4-6 iyun kunlari Ispaniyadagi Santyago-de-Kompostela shahrida o‘tkazilgan Jahon sayyohlik tashkiloti – UNWTOning 98-sessiyasida Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning Ijroiya kengashi o‘zining 99-majlisini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun ovoz berdi.

Avvalroq, UNWTO ijrochi direktori Zoltan Shomogi Berlindagi ITB—2014 Xalqaro sayyohlik yarmarkasida 99-sessiyani Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha qaror haqida ma’lum qilgan edi.

20 yil avval Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlikni rivojlantirish xalqaro loyihasiga a’zo mamlakatlarning Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan edi. 2004-yildan boshlab esa Samarqandda UNWTO qo‘llab-quvvatlash ofisi faoliyat yuritib kelmoqda.

Prezidentimiz O‘zbekistonda “Yangi, istiqbolli yo‘nalishlar misol uchun, turizm, mehmonxona xo‘jaligi, restoran biznesi, uy-joy qurish hamda ta’mirlash va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun beqiyos imkoniyatlar bor” deb ta’kidlab o‘tganlar. Darhaqiqat, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyotini mustahkamlash bilan bir qatorda uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini oshiradi. G‘arb davlatlarida restoranlar xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. Restoran sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish, shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ammo O‘zbekistondagi turizm sohasining o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini e’tiborga olish lozim.

Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi turizm industriyasini rivojlantirishning milliy modelini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va unda mehmonxona va restoran biznesini rolini oshirish bo‘yicha takliflar kiritilgan izlanishlar kerak.

Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ko‘rib chiqish xizmat ko‘rsatish darajasi va mehmonxona xizmatlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Bozor munosabatlarining rivojlanishi yangi vazifalarni yuzaga keltiradi, bu esa boshqaruvni takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi. Mehmonxonalar boshqaruvchilarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, xorijiy investitsiyalar kiritish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.

Ko’plab mamlakatlarda kuzatilgan moliviy-iqtisodiy inqirozning ta’siri hamon sezilib turgan vaziyatda xo’jalik yuritishning chegaralangan istiqbollari joriy muammolarni hal etishga qaratilgan bo’lib, turistik tizimning umumiy strategiyasi bilan sust aloqalari sharoitlarida mamlakatning investitsion jozibadorlikni oshirishning an’anaviy konstepstiyalari yetarli darajada samarali emasdir. Shu sharoitlarda turistik tashkilotlarning faoliyati global maqsadlarga mo’ljal olishni, istiqbolli turistik mahsulotni, strategik imkoniyatlarni va uzoq muddatli raqobatbardosh afzalliklarini birinchi o’ringa qo’yadigan strategik yondashuvdan kelib chiqish lozim. Ushbu yondashuv turizm industriyasining dinamik o’zgarishlarini anglash, ularni bashorat qilish, turistik tashkilotlarning istiqbolli maqsadlarni va ularga erishishning asosiy yo’llarini tanlash uchun turli bozoriy vaziyatlarni modellashtirishdan foydalanish uchun imkon beradigan investitsion faollikni oshirish konstepstiyasida yorqin namoyon bo’lmoqda.

Xizmat ko’rsatish sohasining yanada rivojlanishi va turizm sanoatining barqaror o’sish sur’atlarini, turistik tashkilotlarning barqaror rivojlanishi ta’minlash investitsion faollikni va uning samaradorligini oshirish lozim.

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab imkoniyatlar mavjud. Yurtimizda turizm industriyasini rivojlantirish borasida keyingi yillarda bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Avvalo shuni yodda tutish lozimki, turizmni rivojlantirishdagi ilk qadamlardan biri – bu turizm industriyasini zamon talablariga mos bo’lishini ta’minlashdir. Zamonaviy turizm industriyasini shakllantirish uchun esa nafaqat ichki mablag’lar, xorijiy investitsiyalarning ham o’rni kata. Shuning uchun turistik korxonalar investitsion faolligini oshirish mexanizmini yanada chuqur o’rganish, uning mohiyatini qayta tushinish lozim bo’ladi.  

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:

Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalar tushunchasining mohiyatini yoritish hamda turistik tashkilotlarning investitsion faolligini oshirish bo’yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

- Mamlakatimiz turizm industriyasi holati va investitsion faolligini tahlil qilish;

- Turizmni rivojlantirishda investitsyalarning ahamiyatini aniqlash;

- Xorijiy investitsiyalar turlari va shakllarini ko’rib chiqish;

- Samarqand shahrida investitsion jarayonlarning rivojlanish holatini tahlil qilish;

- Investitsiya muhitini yaxshilash va shu orqali turizm industriyasini rivojlantirish bo’yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti – Samarqand shahrida joylashgan turistik korxonalar bo’lib hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti – turizm industriyasi tarkibidagi korxonalarning investitsion siyosati bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlari majmuidan iborat.

Bitiruv malakaviy ishining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 74 bet, 5 ta jadval, 4 ta rasm va ilovalardan tashkil topgan.

 

I BOB. TURIZM INDUSTRIYASIDA XORIJIY INVESTITSIYALAR HAJMINI KO‘PAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.

 

    1. Turizm industriyasi tushunchasi.

 

Turizm industriyasi – sayohat qiluvchi shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir.

O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonunida turistik industriya tushunchasi quyidagi tarzda ta’riflanadi: Turistik industriya — turistik faoliyatning turistlarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi turli sub’ektlari (mehmonxonalar, turistik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish, transport korxonalari, madaniyat, sport muassasalari va boshqalar) majmui1.

Turizm industriya tushunchasi o‘z mohiyatini oydinlashtirish va turistik sektor tarkibini belgilashda turli xil qiyinchiliklarga duch kelingan. Ular turizm industriyasining iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqligidan paydo bo‘lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko‘p qirrali ehtiyojlarini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog‘i jalb etilgan. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo‘yish va tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir.

Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar ob’ektlar, ishbilarmonlik, sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir.

Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha ob’ekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.

Transport sektori. Turizm industriyasi doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda turli ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos harakterli hususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega.

Tashish tizimi turistlarni piyoda bir joydan boshqa bir ikkinchi joyga o‘tkazishni istisno qilganda, texnik taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi:

  • fillar, tuyalar, otlar, eshaklar, itlar kabi hayvonlardan;
  • yer  usti mexanik  harakat  vositalaridan  (velosiped, avtomobil, avtobus, temir yo‘ldan);
  • havoda harakatlanish vositalaridan (havo transportidan);
  • suv transportidan - qayiq, sollar, daryo va dengiz suv usti va osti kemalaridan foydalanish asosida turg‘un ravishda shakllanadi.

Turistlarni bir joydan boshqa joyga olib boruvchilar ish bosqichlariga, ularning turistlik mahsulot tarkibidagi o‘rniga muvofiq ravishda asosiy va yordamchi tashuvchilarga bo‘linadi.

Ish bosqichlariga ko‘ra ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:

  • transfer, ko‘p  hollarda avtobus, turistlarni  jo‘natish, joyidagi asosiy tashuvchiga yetkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mehmonxonaga eltish hamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar  vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;
  • turistlarni borishlari kerak bo‘lgan uzoq masofalarga eltish;
  • avtobus va temir yo‘l turlarida marshrut bo‘yicha olib yurish, bunda tashish bosqichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi bo‘ladi, tashish vositalari esa, ko‘pincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayohatiga doir marshrutlarni ham kiritish mumkin;
  • ekskursion marshrutlardagi tashish, masalan, shahar bo‘yicha, tematik bog‘lardagi va boshqa tashishlar;
  • shopping turlar uchun yuk tashish.

Sayohat industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha turtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib olingandi. Jumladan, Buyuk Britaniyada “British Airways”, Fransiyada “Air France”, Sobiq SSSRda “Aeroflot” va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi.

Shunday bitimlar masalan, “British Airways” va “Air France” o‘rtasida tuzilgan bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida bo‘lib olingan.

Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun ikkinchi darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga zarurati chetga surib qo‘yiladi.

Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan.

AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada jozibador qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta muvofiqlashtirish jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir tus olishi aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini o‘zgartirishga majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda istiqbolli yo‘l hisoblanmoqda.

Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda aviatariflarga katta chegirmalar kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladi.

Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi bilan bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda.

Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh yil ichida “Pan American” va “Istern” kabi aviakompaniyalar bozordan siqib chiqarildi. Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab turishgandi. Moliviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar bankrotligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va samolyotlarini sotishga majbur edi. Ularni “Ameriken Air-lines”, “Unayted airlines” va “Delta airlines” kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya bugungi kunda AQSH ichki bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu ulush 30 % dan oshmasdi.

Transportda qayta qurish bilan bir qatorda, mehmonxona xo‘jaliklarida ham turizm taraqqiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan amalga oshiruvchi apparat shakllana boshladi. Mayda turistik firmalar asosiy transport kompaniyalari taklif qilayotgan katta hajmdagi operatsiyalarni uddalay olmasdi. Ularning o‘rniga yirik ulgurji firmalar-o‘z hususiy turistik marshrutlarini ishlab chiquvchi va ularni turagentlar tarmog‘i orqali amalga oshiruvchi turoperatorlar keldilar.

Joylashtirish sektori. BTT muntazam yoki vaqti-vaqti bilan turistlarga tunash uchun taqdim etiladigan har qanday ob’ektni joylashtirish vositasi sifatida belgilaydi. Xalqaro standartlar klassifikatsiyasi bo‘yicha barcha joylashtirish vositalari ikki toifa (kategoriya)ga – jamoaviy (kollektiv) va individualga bo‘linadi.

 

 

 

1-jadval.

Turistlarni joylashtirish vositalari.

 

Turistlarni joylashtirishning jamoaviy (kollektiv) vositasi. Bunga mehmonxonalar va ularga o‘xshash muassasalar, maxsus ixtisoslashgan muassasalar va boshqa jamoaviy (kollektiv) joylashtirish vositalari kiradi. Ularning har birida o‘rinlar soni belgilangan minimumidan ziyod bo‘lishi, joylashtirish ob’ekti yagona rahbarlikka ega bo‘lgan, boshqarish esa tijoriy asosga qurilgan bo‘lishi lozim.

Mehmonxonalar. Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona (nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son hususiyatlariga, nomer fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi.

    2-jadval.

Joylashtirish vositalari turlari.

Mehmonxonalarning xili

Tavsifi

Otel-lyuks

O‘z sig‘imi bo‘yicha mehmonxonani mazkur tipi kichik yoki o‘rta korxonalar safiga kiradi. Odatda shahar markazida joylashadi. Yaxshigina ta’lim olgan personal-xodim konferensiya, xizmat uchrashuvlari ishtirokchilari biznesmenlar bo‘lib hisoblangan talabchan mijozlarga servisni juda yuqori darajasini ta’minlaydi. Barcha mumkin bo‘lgan xizmat turlarini o‘z ichiga oluvchi nomerlarni narxlari ancha qimmat turadi.

O‘rta (klass) bo‘g‘inli mehmonxona

O‘z sig‘imi bo‘yicha oteldan katta (400-200 o‘rinli) shahar markazida yoki shahar atrofida joylashgan. Yetarli darajada keng xizmatlar turini taqdim etadi, ulardagi narxlar u joylashgan mintaqa darajasiga teng yoki undan bir muncha yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Biznesmenlar, xususiy turistlar, kongress, konferensiya ishtirokchilarni va hakozolarni qabul qilishi mumkin.

Mehmonxona-apartament (apart-otel)

Sig‘imi bo‘yicha kichik yoki o‘rta o‘lchamlig (400 o‘ringacha) yirik shaharning doimiy bo‘lmagan aholisi uchun xosdir. Vaqtinchalik tura rjoy sifatida ko‘p yillarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishdan foydalaniladigan kvartira (ijara) tipidn tashkil topadi. Mehmonxonani mazkur tipida narxlar qoidaga ko‘ra joylashuv muddatiga bog‘liq ravishda (turlanib) turadi. Uzoq muddatga to‘xtab o‘tuvchi oilaviy turistlar, biznesmenlar va ijarachilarga xizmat ko‘rsatadi.

Iqtisodiy bo‘g‘in (klass) mehmonxonasi

Kichik yoki o‘rta sig‘imli korxonalar (150 o‘rinli va undan ortiq) magistral yo‘l yoqalarida joylashadi. Xizmatlar to‘plamini cheklanganligi, oddiy va tez xizmat ko‘rsatish bilan ajralib turadi. Iste’molchilari – ko‘rsatilgan (iste’mol qilingan) xizmatlar uchun haqiqiy to‘lovni amalga oshirishga intiluvchi va to‘liq pansionga muhtoj bo‘lmagan biznesmenlar, xususiy turistlar uchun mo‘ljallangan. 

Otel-kurort

O‘z sig‘imi bo‘yicha mehmondorchilikni to‘liq xizmatlar to‘plamini taklif etish bilan ajralib turadigan korxona. Bundan tashqari, bu yerda parhez ozuqalar va mahsus tibbiy xizmat ko‘rsatish kompleksini olish mumkin. Kurort mintaqalarida joylashadi.

Motel

Shahar tashqarisida, shahar bo‘yida, magistral yo‘l yoqalarida joylashgan oddiy bir yoki ikki qavatli binolar. Bu kichik yoki o‘rta korxonalardir (400 o‘ringacha). Kam sonli xodimlarni o‘rta darajali xizmat ko‘rsatishi harakterlidir. Mijozlari bo‘lib tanishuv avtoturizmiga urg‘u berilgan turli kategoriyadagi turistlar hisoblanadi.

«Tunash va nonushta» xilidagi xususiy mehmonxona

AQShda keng tarqalgan. Bu mehmonxona kichik (ba’zida o‘rta) sig‘imli. Shahar atrofida yoki qishloq joylarda joylashgan. Xizmat ko‘rsatishga, qoidaga ko‘ra, nonushta va uy sharoitidagi  yengil tamaddi kiradi. Mijozlari bo‘lib uy sharoitiga intiladigan tijoratchilar va yo‘nalishdagi turistlar hisoblanadi.

Otel-garni

Mijozlarga cheklangan miqdordagi xizmatlarni: joylashuv va kontinental nonushtani taqdim etuvchi korxonalar.

Pansion

Xizmatlar darjasini cheklanganligi va oddiy standartli korxonalardir. Otel-garnilardan farqli ravishda bu yerda nonushta, tushlik va kechki ovqat (to‘liq pansion) taqdim etiladi. Biroq ovqatlanish xizmati faqat mijozlargagina ko‘rsatiladi.

Mehmonxona-hovli

Otellardan sig‘imi, xizmat ko‘rsatishi, soda standartligi bilan ajralib turuvchi korxona, uchrashuvlar va mehmonlar tashrifi uchun qator jamoa xonalarini mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Mehmonxona-hovli tarkibi (strukturasi)da restoran yoki barni mavjud bo‘lishi majburiydir.

Rotel

Tunash uchun mo‘ljallangan kreslolar joylashtirilgan bir yoki ikki o‘rinli vagonlardan tashkil topuvchi harakatlanadigan mehmonxonadir. Xojatxona, oshxona, muzlatgich va kiyinish uchun mo‘ljallangan xonalar mavjud.

Botel

Mos ravishdagi jihozlangan kichik kema sifatida foydalanuvchi suvdagi uncha kata bo‘lmagan mehmonxona.

Flotel

Ko‘p hollarda «suvdagi kurort» deb nomlanuvchi katta mehmonxona. Turistlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi shinam nomerlar: basseyn, suv chang‘ilari, baliq ovlash uchun sharoit yaratadigan, suv ostida suzish, suv osti ovi, trenajer zallari, konferensiya va kongresslar uchun zallar, kutubxona, turli-tuman ta’minotlar (telefon, telefaks, teletayn, televizor, va x.k). So‘nggi vaqtlarda turlarga o‘qituvchi kongress-kruizlar, kongress-turlar, biznes-turlarni tashkil etish uchun foydalaniladi.

Flaytel

Agromehmonxona yoki «uchuvchi otel». Favqulodda qimmat va mehmonxonani kamyob turi hisoblanadi. Qo‘nish maydonchasi va meteorologik xizmat aloqalari bilan jihozlangan.


 

Turistik xizmatlar tizimida ovqatlanish sektori. Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamaddixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bo’lar singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan tasniflanadi.

Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi.

Turistlar o‘rtasida restoranlarga talab juda katta ular ikkita katta guruhga bo‘linadi: klassik va tez xizmat ko‘rsatish sohasi. Mashhur klassik restoranlar misoli san’at asaridek ko‘zga tashlanadi. U noyob, hayratomuz, sherik bilan uzoq suhbat qurishga juda ham qulay yoki hechbo‘lmaganda ichki bezak va jihozlari bilan xo‘randalarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ammo ularning narxi haddan tashqari juda qimmat.

Sayr-tomosha sektori. Sayr - tomosha – bu nafaqat zavq-shavqlik va huzur-bahshlik, balki yildan-yilga o‘sib borayotgan milliard-milliardli jahon oboroti industriyasi hamdir. Sayr – tomosha sektori turizmning bosh motivlari sirasiga kiradi. Usiz biron bir turistik safar amalga oshmaydi. Odamlar yangi untilmas taasurotlar, ijobiy his-tuyg‘ular, o‘tkir sezgilar bilan yo‘lga otlanadilar. Kishining bu va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun sayr-tomosha vositalari yaratiladi va ko‘ngil xushlik tadbirlari o‘tkaziladi.

Ko‘pincha sayr - tomosha ekskursiya dasturlari bilan chegaralanadi. Muzeylarga boriladi, tarixiy yodgorliklar va tabiatning diqqatga sazovar joylariga tomosha qilinadi. Shahar va turar joylar bo‘ylab ekskursiyalar uyushtiriladi. Ular boshqa – boshqa bilimni boyituvchi yoki ko‘ngil ochar tadbirlar (masalan, magazinlar yoki o‘yin muassasalariga borish)ni o‘z ichiga olishi ham mumkin.

Sayr – tomosha sektorida tematik parklar alohida o‘rin tutadi. Keyingi vaqtlarda ular juda katta miqdordagi tarixiy, madaniy yodgorliklari bilan an’anaviy turistik manzillarga jiddiy raqobatchi bo‘lishayapti. Tematik parklar g‘oyasi Yevropada tug‘ildi va huzur – halovat parklari ko‘rinishida amalga oshirildi. XIX asr oxirlarida ko‘plab Yevropa mamlakatlari poytaxtlari – Kopengagenda Sadi Tivoli, Venada Park Praterda va boshqa joylarda faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi zamon tematik parklar modeli ham aslida uning yaratuvchisi amerikalik rassom va proyudesser, kinorejissyor – multipliqator Uolt Disney deb hisoblansada, u birinchi bor Yevropada paydo bo‘ldi. Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, «Disneylend» ochilishidan uch yil avval 1953 yilda “De Efteling” korporatsiyasi Niderlandiyaning Janubi – g‘arbida Yevropa ertaklari motivlari asosida park barpo etgan. Ammo ko‘hna qit’ada tematik parklar kamtarona ko‘lamda sekin rivojlandi.

Turagentlar. Turizm sektorida turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositachilar faoliyatida asosiy muhim bo‘g‘in bo‘lib turagentlar hisoblanadi. Ular orqali turistik safarlarning kattagina qismini sotish amalga oshiriladi. Bu eng avvalo xorijga sotishda qo‘l keladi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qiziqarli sayohat marshrutini o‘ylab topish va ishlab chiqish oson, iste’molchi topish esa qiyinroq. O‘xshash takliflar bilan to‘lib-toshgan bozor sharoitida o‘tkir raqobat kurashi va aholining harid qobiliyati cheklangani turagentlar zimmasiga og‘ir vazifa – mijozni jalb etish va aynan shu safarga kundirishdir. So‘ngra uning bilan shartnoma tuzish, pul olish, pasport, viza, bilet rasmiylashtirish, vaucher berish, safarga jo‘natish, unga sog‘-salomat qaytishini ta’minlash, oxirida undan ehtimol minnatdorchilik eshitish yuklangan.

Turagentlar ikki bosh vazifani bajarishadi. BTT ning belgilab qo‘yganiga ko‘ra, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari axborot xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. Faqat 48 % mijozlargina qayerga safar qilishni xohlashlarini bilishadi, 30 % bu haqda g‘ira-shira tasavvurga ega, 17 % esa umuman hech qanday tushunchaga ega emas. Turagentlar potensial haridorlarni turistik rayonlar, transport harakati jadvali, joylashish variantlari, amaldagi narxlar bilan tanishtiradi va sayohatga sarflanadigan taxminiy harajatlarni aniqlashga ko‘maklashdilar. Mijoz bilan yuzma-yuz ishlash, suhbatlar va maslahatlar, shuningdek spravochnik materiallarini yig‘ish va ishlab chiqish juda mehnat talab ish va barcha sarflanadigan vaqtning yarimi va ko‘prog‘ini egallaydi. Bu ulush ayniqsa turagentlar tomonidan dam olish uchun qimmat safarlarni sotishda ortadi.

Turoperator. Turoperatorlar turistlik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki loyihalash), uni bozor tomon harakatini, shuningdek realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.

Turni shakllantirish deganda muddatlari, maqsadini aniqlash bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga bog‘langan, narxi va sifati bo‘yicha, ketma-ketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish bajarish, ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish, tegishli ravishdagi bronlashtirish va rezervlashtirish tushiniladi. Yo‘naltirish deganda shunday ishlar majmui tushiniladiki, bunda potensial iste’molchida shu ishlarni sotib olish uchun moyillik tug‘dirish bo‘yicha ishlar bajariladi.

Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. U tashkil etilgan turizm generatoridir. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.

 

    1. Turizm sohasida xorijiy investitsiyalar tushunchasi.

 

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi.

Demak, turizmda xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlatning turizm industriyasiga, turistik sohasiga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo’ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko’ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya’ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bo’linadi. Investitsiyalar nimaga yo’naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.

Xorijiy investitsiyalar turistik korxonalarda o’z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to’liq tegishli bo’lgan xizmat ko’rsatish, servis korxonalarni yaratish, hususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.

Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta’sir ko’rsatadi:

1) iqtisodiy omillar:

- ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;

- jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, yangi turistik xizmatlarni joriy etish, yangi turlar ishlab chiqish va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);

- xizmat ko’rsatishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;

- jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o’sib borishi (AKSH Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;

-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshqalar.

2) siyosiy omillar:

- iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini hususiylashtirish, hususiy sektorni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash);

- bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.

Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o’zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko’rsatadi.

O’zbekiston va jahon turizmining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo’jalik yurituvchi sub’ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz turizmiga investitsiyalarni, xususan, chet el investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta’minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas.

2007 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi hukumatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir.

Bu borada so’z ketganda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlashimiz lozim: “Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ....... nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo’q. Bu avvalombor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir – oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni echish demakdir”.

Shu boisdan ham vatanimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi korxonalarni rag’batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir investor o’z sarmoyasini biror hududga kiritar ekan uni befarq qoldirmaydigan va e’tiborini tortadigan asosiy masala u erda amal qilayotgan soliq qonunchiligi hamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlar masalasidir. Shu sababdan soliq imtiyozlarini to’g’ri yo’nalishlarda taqdim etish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish lozim, aks holda esa imtiyozlarni berishdan ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslikka olib keladi. Shunga ko’ra, iqtisodiyotni faol rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab qiladi.

Demak, investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta’minlovchi kuch ekan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib iqtisodiyotimizga yo’naltiriladigan investitsiyalar hajmini oshirishimiz lozim.

2013 yilda investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.

Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.

O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir2.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalarni moliyalashtirishning o’ziga xos manbalari shakllantirilgan bo’lib bunday manbalari korxonalarning o’z o’zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan holda quyidagi manbalari mavjuddir:

1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg’armalari;

2. Bank kreditlari hisobiga moliyashtiriladigan investitsiyalar:

a) Xorijiy investitsiyalar

b) Davlat byudjeti va byudjetdan tashkari fondlar mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiyalar.

Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:

- iqtisodiy barqarorlik;

- inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud:

- investitsion  loyihalar bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish;

- sanoatning ustuvor sohalari, yoqilgi, energetika majmualari bo’yicha investitsion loyihalar tuzishni jadallashtirish;

- xalq xo’jaligida ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi jadvalda keltirilgan.

4-jadval

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va

ishtirokchilari tasnifi

Guruhlar

Guruh ichi guruhlari

Investitsiya faoliyati ishtirokchilari tashkiliy shakllari

Byudjet va nobyudjet fondlar

Davlat byudjeti

 

Hukumat

Iqtisodiyot vazirligi

Moliya vazirligi

Mahalliy byudjetlar

Mahalliy vakolatli organlar

 

Nobyudjet fondlar

Pentsiya fondi

Bandlik fondi

Investitsiya fondi va boshqa fondlar

Kredit tizimi

Banklar

Kredit muassasalari

Markaziy bank

Davlat g’aznachiligi

Investitsion banklar

Kredit uyushmalari

Sug’urta tizimi

Sug’urta fondlari va tashkilotlari

Davlat sug’urta kompaniyalari

Boshqa sug’urta kompaniyalari

Moliyalash-tirishning jamoaviy shakllari

Investitsion tashkilotlar

Investitsion banklar

Sug’urta tashkilotlari

Investitsiya kompaniyalari va fondlari

Nodavlat pensiya fondlari

Sug’urta kompaniyalari

Payli investitsion fondlar

Xorijiy investorlar

Chet el davlatlari, hukumatlari, XMIlar, tijorat banklari, institutsional investorlar, investitsion banklar

XTTB

ETTB

Xalqaro moliyaviy qo’mita

AQSH eksimbanki

boshqalar


 

Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustivorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish ozlik qiladi. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital oboroti tez bo’ladigan sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bu bilan yuqori foyda normasi yuzaga keladi. Foyda normasi yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham hususiy sektorda pulni oborot kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxni ortishiga olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda, ham zararga olib keladi. Ammo hozirgi o’tish davrida xo’jalikdan tashkarida bo’lgan omillar ta’siri g’oyat kuchli. Bu balanslashmagan inflyatsiya sharoitida davlat harid narxining mavjudligidir. Bu narx asosiy mahsulotlar (paxta, g’alla, pilla)ga taalluqli bo’lib, uning darajasi resurslar narxiga mutanosib ravishda o’zgarmaydi. Natijada bu narxlar “qaychisi” paydo bo’lib, bu shirkat xo’jaliklarini rentabel ishlashiga yo’l bermaydi. Davlat narxlari amalda monopsoniya narxlari, ya’ni haridorning biryoqlama manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadigan narx bo’ladi. U bozorni monopollashganligini bildiradi. Shirkatlar tabiatan tarqoq va erkin xo’jalik, lekin ular erkin bozorga ishlay olmaydi. Bu ziddiyat ularni moliyaviy tanglikka mahkum etadi. Bozorda davlat monopoliyasining saqlanishi monopsoniya yo’q sharoitda ham sezilib turadi. Buni hususan oziq-ovqatdan iborat shirkat, fermer va dehkon xo’jalik mahsuloti narxini sanoat narxiga nisbatan sekin o’sishida, narxining paritetida ko’rish mumkin. Dehkonlar mahsulotining ayirboshlanish ekvivalentining pasayishi tufayli ular foydani kam ko’radi, yoki uni umuman olmaydi. Bu albatta, investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab qo’yadi.

 

    1. Turizm industriyasida xorijiy investitsion jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati.

 

O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Invеstitsiya fаоliyati to’grisidа”gi Qоnunigа muvоfiq, invеstitsiyalаrning mоhiyati iqtisоdiy vа bоshqа fаоliyat ob’yektlаrigа kiritilаdigаn mоddiy vа nоmоddiy nе’mаtlаr hаmdа ulаrgа dоir huquqlаrni ifоdаlаydi. Invеstitsiya — iqtisоdiyotni rivоjlаntirish mаqsаdidа o’z mаmlаkаtidа yoki chеt ellаrdа turli tаrmоqlаrgа ijtimоiy-iqtisоdiy dаsturlаrgа innоvаtsiya, tаdbirkоrlik lоyihаlаrigа uzоq muddаtli kаpitаl kiritish.

Umumqаbul qilingаn - invеstitsiya (kаpitаl qo’yilmа) tushunchаsi quyidаgilаr bo’yichа ifоdаlаnаdi: “kаpitаl qo’yilmа” (yoki kаpitаl sаrfi) yangi qurilishgа yoki rеkоnstruktsiyagа sаrflаnаdigаn mоliyaviy hаrаkаtdаgi kоrхоnаlаrni tехnik qаytа qurоllаntirish vа kеngаytirish. Bundа invеstitsiya tushunchаsining mоhiyatini аniqlаshdа bоzоr vа rеjаli iqtisоdiyotdаgi fаrqlаr ifоdаlаnаdi. Kаpitаl qo’yilmаning yuqоridа kеltirilgаn izоhi sаrf-хаrаjаtlаr tаvsifini аniq ifоdаlаydi vа invеstitsiyalаsh sоhаsini fаqаt qo’yilmаgаchа qisqаrtirаdi, ya’ni  аsоsiy fоndlаrni tаkrоr ishlаb chiqаrishi, ulаrning yuksаlishi vа tаkоmillаshtirilishini nаzаrdа tutаdi. Mа’muriy bоshqаruv tizimi shаrоitidа rеsurslаr tаqsimlаnishi, mulk shаklining bir xilligi vа qimmаtli qоg’оzlаr bоzоrining to’liq аmаl qilmаsligi (dаvlаt оbligаtsiya zаyomlаridаn tаshqаri) bo’lishi mumkin emаs edi. Shundаy ekаn, хo’jаlik yuritishning rеjаli tizimi shаrоitidа invеstitsiya sаrflаr ko’rinishidа chiqib, fаqаt bir vаqtning  o’zidа fаqаt jоriy sаrflаrdа fаrq qilаdi.

Xоrijiy - iqtisоdiy аdаbiyotlаrdа invеstitsiya muаmmоlаri bo’yichа nаzаriy tаdqiqоtlаr, sоbiq ittifоq оlimlаri ilmiy ishlаri bilаn sоlishtirilgаndа invеstitsiya mоhiyatini yoritib bеrishdа аnchа kеng miqyosdаgi yondоshuvgа egаligi tаsniflаnаdi.

   1-rаsm.

Turizmda invеstitsiyalаr tаsniflаnishi chizmаsi



 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Iqtisоdiy tizimning rivоjlаnishi qo’shimchа qo’yilmаlаrni  ya’ni invеstitsiyalаrni, jаlb  qilishni tаlаb qilib,  uning  mаqsаdi,  turi  vа hаjmigа qаrаb invеstоrlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi. Mаmlаktimizdа zаmоnаviy iqtisоdiyot  tаrmоqlаrini  mоdеrnizаttsiyalаsh  jаrаyoni  bilаn bоg’liq iqtisоdiy hоlаtning o’zgаrishi invеstitsiyalаsh mаqsаdidа qo’llаnilishi mumkin bo’lgаn vаqtinchа bo’sh pul mаblаg’lаri hаjmigа tа’sir etаdi hаmdа kаpitаl  qo’yilmаlаr sаmаrаdоrigini vа invеstittsiоn zibаdоrligini аniqlоvchi bаrchа оmillаr hisоbоtini to’liq  bаhоlаsh zаrurаtini yuzаgа kеltirаdi.

Invеstitsiоn jоzibаdоrlik ob’yekt tаvsifi sifаtidа muаyyan bir miqyosdа, ya’ni birоn bir lоyihа, kоrхоnа, mintаqа, tаrmоq hаmdа mаmlаkаt dаrаjаsidа ko’rilishi mumkin. E’tibоrli jihаti shundаki, mаzkur tizimdа kоrхоnа аsоsiy tаyanch nuqtа hisоblаnib, hаr bir invеstitsiоn lоyihа muаyyan bir kоrхоnа miqyosidа аmаlgа оshirilаdi, ushbu kоrхоnа esа iqtisоdiy fаоliyati turidаn kеlib chiqib, u yoki bu tаrmоqqа (sоhаgа) tеgishli bo’lаdi. Shuningdеk, ushbu kоrхоnа mа’lum bir mintаqаdа jоylаshgаnligi sаbаbli u mintаqаviy invеstitsiоn jоzibаdоrlikni аks ettirsа, bаrchа mintаqаlаr birlаshtirilgаndа mаzkur ko’rsаtkich mаmlаkаt dаrаjаsidа аks ettirilаdi. Shuni tа’kidlаsh jоizki, muаyyan dаrаjаdаgi invеstitsiоn jоzibаdоrlik bоshqа dаrаjаdаgi ko’rsаtkichdаn. fаrqlаnishi mumkin. Mаsаlаn, mа’lum bir tаrmоqdа invеstitsiоn jоzibаdоrlik ushbu tаrmоqdа fаоliyat yuritаdigаn аlоhidа kоrхоnаning invеstitsiоn jоzibаdоrligidаn pаst dаrаjаdа yoki аksi bo’lishi mumkin. Shuni hаm yoddаn chiqаrmаslik kеrаkki, invеstitsiоn jоzibаdоrlikni bаhоlаshdа uning dаrаjаlаri o’rtаsidа uzviy bоg’liqlik mаvjud bo’lib, хоrijlik invеstоrlаr mа’lum bir lоyihа yoki kоrхоnаgа invеstitsiya kiritish qаrоrini qаbul qilаyotgаndа butun mаmlаkаt yoki mintаqаning invеstitsiоn jоzibаdоrligini hisоbgа оlаdilаr. Shundаy ekаn, invеstitsiоn jоzibаdоrlikni yoki tаshqi muhit оrqаli аniqlаnаdigаn invеstitsiyalаsh ob’yektining hоlаti sifаtidа tа’riflаsh mumkin.

  Iqtisоdiyotning аlоhidа tаrmоqlаridа  invеstitsiоn  jоzibаdоrlik uning аlоhidа sоhаlаri rivоjlаnishining istiqbоllаri, invеstitsiyalаrning dаrоmаdliligi vа invеstitsiоn хаvf-хаtаrlаr dаrаjаsi nuqtаi nаzаridаn tushunilishi kеrаk.

Turistik tashkilotning  invеstitsiоn jоzibаdоrligi -  ushbu tashkilotning invеstоr uchun jоzibаdоrlik dаrаjаsi bo’lib, invеstоrgа fоydа kеltirа оlish quvvаtigа bоg’lik (invеstitsiоn pоtеntsiаl) vа qаtоr tаshqi оmillаr bilаn chеgаrаlаngаn bo’lаdi.

Kеng mа’nоdа qаrаlgаndа, invеstitsiоn jоzibаdоrlik - bu ijtimоiy-iqtisоdiy, siyosiy, mоliyaviy vа bоshqаruv munоsаbаtlаri tizimi bo’lib, muаyyan bir «хo’jаlik sub’еkti»gа invеstitsiya kiritishning mаqsаdgа muvоfiqligini tаhlil qilish jаrаyoni hisоblаnаdi.

Shu bilаn birgа invеstitsiоn jоzibаdоrlik invеstitsiyalаshdаn kutilаyotgаn mаqsаdlаrgа erishish ehtimоlining dаrаjаsi bilаn ifоdаlаnib, invеstitsiyalаsh jаrаyonining fаоl ishtirоkchilаri bo’lgаn iqtisоdiy аgеntlаrning shахsiy qiziqishlаridа o’z ifоdаsini tоpаdi. Invеstоrning ushbu jаrаyondа bеlgilаngаn mаqsаdlаrgа erishish ehtimоlini mukаmmаl o’rgаnishining аsоsiy sаbаbi, invеstitsiyalаsh jаrаyoni - аniq kаfоlаtlаngаn nаtijа bilаn tugаmаydigаn jаrаyondir. Invеstitsiyalаsh to’g’risidаgi qаrоrni qаbul qilish mа’lum dаrаjаdаgi tаvаkkаlchilikni o’z ichigа оlаdi.

Invеstitsiоn jоzibаdоrlikni bеlgilоvchi muаyyan dаrаjаdа аhаmiyatli оmillаr yoki sаbаblаrni аniqlаsh mаsаlаsigа qаytаr ekаnmiz, kоrхоnаlаrning o’zigа хоs hususiyatlаrini ko’rib chiqishdа mаvjud ilmiy tаdqiqоt ishlаrining tаhlili vа umumlаshgаn nаtijаlаrigа  аsоslаnib, nisbаtаn аhаmiyatli dеb hisоblаgаn quyidаgi guruh оmillаrini kеltirib o’tishni o’rinli:

2-rаsm.

Turistik tashkilotning invеstitsiоn  jоzibаdоrligigа tа’sir etuvchi оmillаr guruhi

Turizm tashkilotlarida xorijiy investitsiyalar miqdorini oshirish usullari va yo’llari