Korxona oborotidan olinadigan soliqlar auditi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT» KAFEDRASI
«AUDIT» FANIDAN
« KORXONA OBOROTIDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI»
(“BOGIZOGON» MCHJ”) misolida
SAMARQAND - 2015
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………
I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1 Oborotdan olinadigan soliqlarning auditining mohiyati,
ob’ekti va subekti……………………………………………………………
1.2 Oborotdan olinadigan soliqlar auditininig maqsadi
va vazifalari........……….........
1.3 Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi........................
II BOB « BOGIZOGON» MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI.
2.1 « BOGIZAGON» MCHJning faoliyati va ular tulaydigan
soliqlarning tasnifi va tavsifi ..............................
2.2 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
hisobining auditi........................
2.3 « BOGIZAGON» MCHJ da oborotdan olinadigan soliqlar
Auditi va uni yaxshilash yo’llari......................
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………….....
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...43
ILOVALAR…………………………………………………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, avvalambor, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlarini kamaytirish, ularni hisoblash mexanizmini soddalashtirish muhim masalaga aylanib bormoqda. Bu borada hozirga qadar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, ya’ni soliq stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi”1deb ta’kidlaganlar.
Shu munosabat bilan respublikamizda oxirgi yillarda bozor tamoyillariga javob beradigan soliq islohotlari amalga oshirildi, soliq tizimi shakllanib, yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi, soliq organlarining yaxlit tizimi barpo etildi. Iqtisodiyotdagi soliq yuki 1991 yildagi 41.2 % dan hozirgi kunda 22 % qadar pasaydi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, aylanma mablag‘larni ko‘paytirish, mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va eksport hajmini ko‘paytirish ishlari amalga oshirildi. Shu va shunga o‘xshash islohotlar samarasi o‘laroq mamlakatimizda 2013 yilda YAIM 8 foizga oshdi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o‘z navbatida oborotdan olinadigan soliqlar hisobini o‘rganishni, amaliyotda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni, ushbu soliq hisobini chuqur tadqiq etishni taqozo etmoqda.
Hozirga qadar mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi haqida mamlakatimiz Prezidenti
I. A. Karimov alohida to‘xtalib: “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning
soliq yukini yanada kamaytirish, foyda solig‘i, mikrofirma va kichik
korxonalar uchun yagona soliq hamda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i to‘lovi stavkasining kamaytirilishi va
ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun
kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi deb ta’kidlaganlar.Unga
ko’ra soliq stavkalari quyidagicha belgilandi: tijorat banklari uchun
soliq stavkasi 2015 yil darajasida 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi,
o‘rtacha va eng yuqori stavkalari esa 2015 yil darajasida saqlanib
qolindi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirmalar va kichik
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 6 foiz miqdorida saqlanib
qolindi, QQS stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi, aksiz solig‘i
stavkalari respublikada ishlab chiqariladigan tabiiy vinoga – 5 foizga,
quvvatlangan vinoga – 15 foizga, spirt, pivoga – 20 foizga, konyak,
aroq va boshqa alkogol mahsulotlariga – 25 foizga, filtrli, filtrsiz
sigaretlar va papiroslarga – 30 foizga, o‘simlik (paxta) oziq-ovqat
va texnik yog‘iga – 10 foiz qilib belgilandi.
2015 yilning 1 yanvaridan
boshlab, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi
3,5 foiz o‘rniga 4,0 foiz miqdorida belgilandi, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2013 yilda amal qilgan soliq stavkalari
1,2 baravarga indeksatsiya qilindi, yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq stavkalari o’z darajasida saqlanib qolindi, obodonlashtirish
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i sof foydaning 8
foizi miqdorida saqlanib qolindi,xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari
uchun plastik kartochkalar orqali haq to‘langanda ko‘rsatilgan xizmatlar
hajmi bo‘yicha belgilangan stavkani kamaytirish 10 foiz o‘rniga
5 foiz etib be
Mavzuning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Mazkur kurs ishi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mos keladi va mazkur doirada bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi: Ushbu kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oborotdan olinadigan soliqlar auditini nazariy, metodologik va tashkiliy muammolarini tadqiq etish hamda ushbu muammolarni hal etishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Oborotdan olinadigan solqlar auditini nazariy jihatdan o‘rganish va amaliyotda oborotdan olinadigan soliqlar hisobini tahlil qilish, bu hisobni yuritishni takomillashtirish va uning hisobini yuritishdagi kamchiliklariga tegishli to‘g‘ri tavsiyalarni berish.
Tadqiqotning vazifalari:
- oborotdan olinadigan soliqlar auditini nazariy asoslarini o‘rganish;
- tadqiqot ob’ekti bilan tanishish;
- korxonada oborotdan olinadigan soliqlar auditini yuritilishini tahlil qilish;
- korxonada bu soliklar auditini yuritilishini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti: Samarqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan «BOGIZAGON» MCHJ korxona faoliyati va buxgalteriya ma’lumotlari.
- «Bog‘izag‘on» MCHJ ning faoliyati haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, «Bog‘izag‘on» ma’suliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi №3202-PF sonli «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoniga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qaroriga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasining 2003-yil 27-dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan.
- «Bog‘izag‘on» MCHJ ning Ustavi yangi tahrirda 2011-yil 8-noyabrdagi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan.
Ishning hajmi tarkibiy tuzilishi:
Tadqiqot kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib jami 27 betni tashkil etadi
Kirish qismida tadqiqot to‘g‘risida, uning maqsadi va vazifalari va tadqiqot ob’ekti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilgan.
Asosiy qism esa ikki bobdan iborat. Uning birinchi bobida tadqiqotning nazariy qismi ochib berilgan. Ikkinchi bobi esa amaliyotda ya’ni korxona misolida oborotdan olinadigan solig‘i hisobining yuritilishi, uning tahlili va takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xulosa va takliflar qismida oborotdan olinadigan solig‘i hisoblash tizimi bo‘yicha yaxlit xulosalar kiritilgan.
Ilovalarda esa korxona va uning hisob ma’lumotlari to‘g‘rikidagi rasmiy hujjatlar kiritilgan.
I BOB. OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINIG NAZARIY ASOSLARI.
1.1 OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITINING MOHIYATI, OBEKTI VA SUBEKTI
Har qanday buyum, narsa, voqelikni chuqur bilish uchun uning mohiyatini chuqur tushunib yetmoq zarur. Shunday ekan, oborotdan olinadigan soliqlar qatoriga kiruvchi qo‘shilgan qiymat solig‘ini ham boshqa soliqlar kabi mohiyati, ya’ni soliqchi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalashda o‘z aksini topadi. Oborotdan olinadigan soliqlarning tavsifi quyidagi jadval orqali tasvirlaymiz.
Oborotdan olinadigan soliqlar
1-Chizma
Oborotdan olinadigan soliqlar |
Qo‘shilgan qiymat solig‘i |
Aksiz solig‘i |
Eksport buyumlar bojxona to‘lovlari |
Benzin, dizel va gaz ishlatganlik uchun soliq | |||
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurkim har qanday iqtisodiy kategoriya avvalo qiymat kategoriyasi sifatida shakllanadi, so‘ng bunday voqelik harakati iqtisodiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) yaratilishi bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos unga mos soliq munosabatlarini yuzaga keltiradi va uning takomillashtirilib borilishini ta’minlaydi. Shunday ekan qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyati boshqa soliqlarga mansub munosabatlar doirasida shakllantiriladi va rivojlantiriladi.
Auditor kuydagiga yetibor birishi kirak.
QQSning soliq solish ob’ektlari
2-Chizma
Amaliyotda QQS deganda bevosita byudjetga tushadigan majburiy
pul to‘lovi tushuniladi. Bu esa QQSni boshqa soliq turlariga tenglashtirila-yotganligidan
dalolat berishi, qolaversa QQSni mohiyati boshqa soliq turlariga bog‘liq
holda befarqli ta’riflanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
QQSni to‘lash xo‘jalik sub’ekti bilan davlat
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti davridagi
asosiy shakli, daromadlarni bir qismini xo‘jalik sub’ektlari bilan
davlat o‘rtasida taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Auditor bundan tashkari kuydagilarga yetibor birishi kerak:
- Oborotdan olinadigan soliqlarning stavkalarni to'g'ri kulanilayotganligini tukshiradi;
- soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari va yo’riqnomalarning noto’g’ri qo’llanishi;
- soliq stavkalarining noto’g’ri qo’llanilishi;
- soliqqa tortiladigan bazaning noto’g’ri aniqlanishi;
- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;
Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi:
- soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;
- soliq organlariga taqdim qilinadigan ma’lumotlarning buzib ko’rsatilishi yoki yashirilishi;
- byudjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar
sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigandaromadlarni noto’g’ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;
- soliqqa tortish bo’yicha imtiyoz olish uchun bosh va sho’’ba korxonalar
o’rtasidagi hisob-kitoblar bo’yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.
- Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatidasoliq stavkalarini qo’llash, soliq
solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to’lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va hakazo talablar aks ettiriladi;
- Soliq majburiyatlarining noto’g’ri aniqlanishi katta moliyaviy yo’qotishlar
keltirib chiqarishini hisobga olib, auditorlar ushbu uchastkada tekshiruvlarni tashkil etish va o’tkazish texnologiyasiga alohida e’tibor berishlari lozim. Tekshiruvlarni
muvaffaqiyatli o’tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishga yuqori malakalimutaxassislarni jalb qilish;
- xodimlarni soliqqa tortish masalalarigaoid tezkor axborotlar va me’yoriy
hujjatlar bilan ta’minlash;
auditorlar oddiy kundalik muammolar ustida takroran ishlamasliklari uchun, korxona ichida soliqqa tortishning dolzarb masalalariga doir axborotlar va ishlanmalarni almashishni tashkil etish;
mijoz tomonidan taqdim qilinadigan, soliqqa tortish masalalariga doir yozma axborotlar sifatini samarali nazorat qilish;
- korxona ichida soliq bo’yicha maslahatberish texnologiyasini barpo qilish va byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirish natijalari bo’yicha rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan ishchi hujjatlarining maxsus shakllarini ishlab chiqish.
2000-yildan boshlab, to hozirgi 2015-yilga qadar eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkasi bekor qilinib yagona 20 foizli stavkaning qat’iyligi qo‘llanilib kelmoqda.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar oltita xususiyatga va iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nallishlarga ega bo‘lgan sub’ektlar bo‘lib hisoblanadi. Bunday sub’ektlarga quyidagilar kiradi:
1.Mulkchilikning hamma shakllarga mansub bo‘lgan, yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs bo‘lgan, lekin mustaqil balansga hamda bank muassasalarida hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan filiallari, vakolatlari va boshqa alohida bo‘limlari.
2.Xo‘jalik hisob-kitoblarida turmaydigan, lekin xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlar.
3.O‘zbekiston Respublikasi xududida chet-el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar, ularning sho‘’ba korxonalari va filiallari, xo‘jalik hisob tamoillarida xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan va O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan xalqaro
birlashmalar, ularning filiallari va sho‘’ba korxonalari.
4.Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro noxukumat tashkilotlari yoki birlashmalari.
5.Ishlab chiqarish va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka (oylaviy) xususiyat korxonalari.
6.Tovarlar, ishlar va xizmatlarni import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning import qilinayotgan ana shu tovarlari bo‘yicha. Ushbu sub’ektlar QQSni byudjetga to‘lashini amalga oshirishda soliq stavkasi, soliqsolish ob’ekti va imtiyozlarni va amaldagi soliqqonuniyatlaridan foydalangan holda ularni yuzaga keltiruvchi omillarni alohida e’tiborga olishlari muhimdir. Shu bois QQSni aniqlashda soliq to‘lovchilari quyidagilarga alohida etibor berishlari zarur, ya’ni:
- soliqqa tortiladigan ob’ektga;
- soliqqa tortiladigan oborotni aniqlash tartibiga;
- imtiyozlarga.
Avvalo QQS ob’ektlari bo‘lib mahsulotni, ishlar va xizmatlarni
realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar hisoblanadi.
QQSga tortiladigan oborotga esa quyidagilarning kiritilishi amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan, ya’ni:
- o‘zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olgan mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog‘liq oborotlar;
- iste’mol qiymatiga qo‘shish shuningdek yangi qiymat bilan bog‘liq bo‘lgan bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi;
- o‘z ixtiyojlari uchun korxona ichida tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar (bu oborotlar harajatlari mahsulot, ishlar va xizmatlar tannarxiga qo‘shilmaydi), shuningdek o‘z xodimlariga tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar, yordamchi xo‘jalik tovarlarini realizatsiya qilish bo‘yicha oborotlar;
- bevosita pul bilan haq to‘lanmay barter bitimlari
bo‘yicha boshqa tovarlarga almashtirib, ortib junatilgan tovarlar
oborotlari;
- boshqa korxonalar va jismoniy shaxslarga tekinga yoki qisman haq olib
tovarlarni berish oborotlari;
- O‘zbekiston Respublikasi xududida import tovarlar, ishlar va xizmatlarni hamda chet el valyutasiga tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;
- korxonalar o‘z haridorlar va buyurtmachilariga tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish chog‘ida ulardan moliyaviy yordam sifatida oladigan yoki foydani ko‘paytirishga sarflanadigan pul mablag‘lari summalari.
Shuning bilan birgalikda quyidagilar soliqqa tortiladigan oborotga kiritilmaydi:
-bankda hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lmagan hamda asosiy korxonaning balansida turadigan tarkibiy birikmalar o‘rtasidagi zavod ichki oboroti;
- kooperativ, shirkat, jamiyat a’zolari, boshqa turdagi korxonalarning tasischilari o‘rtasida ular tugatilishi natijasida mol-mulkni taqsimlash oborotlari bu qanday tugatilgan korxonannig mol-mulkini boshqa shaxslarga sotish hollariga taalluqli emas);
-qimmatbaho metallar rudalarini qayta ishlash uchun sotish (shu jumladan, qimmatbaho metallarni qazib olish bo‘yicha konlarni tayyorlash va ustki qatlamini ochish bo‘yicha izlovchilar artellari va boshqa korxonalar tomonida bajariladigan ishlarni realizatsiya qilish oborotlari), qayta ishlash va affinatsiyalash uchun qimmatbaho metallarning konsentrantlari va yarim mahsulotlarni, takror qayta ishlash va affinatsiyalash uchun qimmatbaho metal parchalari va chiqindilarini realizatsiya qilish oborotlari, shuningdek qimmatbaho toshlarni va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat xazinasiga realizatsiya qilish oborotlari ana shular jumlasidandir.
Soliqqa tortiladigan ob’ektlarga ichki imkoniyatlardan yoki davlat byudjetining daromadlarini dinamik o‘sishidan kelib chiqqan holda Oliy Majlis tomonidan berilgan vakolatli ijro Davlat organlari tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar vakolatli davlat organlari tomonidan qabo‘l qilinadigan qarorlarda, nizomlarda yoki yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan holda soliq to‘lovchilariga yetkaziladi.
QQSga tortiladigan oborotni aniqlash tartibi va soliq imtyozlari
QQSga tortiladigan oborot xo‘jalik faoliyatlarini yurg‘izuvchi
soliq to‘lovchilarining faoliyat turlari bilan bog‘liqdir. Faoliyat
turlaridan kelib chiqqan holda soliqqa tartiladigan oborotlar belgilanadi.
Soliqqonuniyatlaridan kelib chiqqan holda yettita faoliyat turiga mansub
soliq to‘lovchilarga nisbatan soliqqa tortish mumkin bo‘lgan oborotlar
berkitilgan. Bular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarni (ya’ni, vositachilik, aloqa, reklama, ma’lumotlarga ishlov berish va boshqa xizmatlar) realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat turi bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborot QQSsiz, tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarga soliq yoki bojsiz erkin (shartnomaviy) yoki belgilangan narxlar va tariflar, shu jumladan aksiz solig‘i belgilangan tovarlar bo‘yicha aksiz summalaridan iboratdir.
Ikkinchidan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlash, shuningdek tovarlarni tekinga yoki qisman xaq olib borish faoliyati turi bo‘yicha soliqqa tortiladigan oborot ayirboshlash paytida birjadagi kotirovkalash bo‘yicha tarkib topgan, ularga davlatning belgilangan narxlari mavjud bo‘lganda esa ana shu narxlardan kelib chiqqan holda erkin (shartnomaviy) narxlarning (aksizni qo‘shganda) o‘rtacha darajasi bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchidan, korxonalarning o‘zida ishlab chiqarilib, harajatlari
ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga kiritilmaydigan tovarlar (ishlar,
xizmatlar)dan korxonaning ichida foydalanish faoliyati turi bo‘yicha
shu yoki shunga o‘xshagan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) ular
bo‘yicha qo‘llaniladigan narxdan kelib chiqib hisoblangan qiymati,
ular bo‘lmaganida esa amaldagi tannarxi soliqqa tortiladigan oborot
bo‘lib hisoblanadi.
To‘rtinchidan, mehnatga korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlar
bilan natura holida haq to‘lash faoliyat turi mahsulotni chetga realizatsiya
qilish chog‘ida, belgilangan narxlar qo‘llaniladigan tovarlar bo‘yicha
esa ana shu narxlardan kelib chiqib qo‘llaniladigan erkin (shartnomaviy)
narxlar (aksizni qo‘shib) soliqqa tortiladigan oborotdir.
Beshinchidan, korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlarni
aholiga, shu jumladan o‘z xodimlariga erkin (kelishilgan) narxlarda
realizatsiya qilib, kassa orqali hisob-kitob qilish faoliyati turi bo‘yicha
erkin kelishilgan narxlardagi oboroti soliqqa tortiladigan oborot bo‘lib
hisoblanadi.
Oltinchidan, import qilingan tovarlar bo‘yicha (agar O‘z.R. byudjetga
to‘langan QQS summasi noma’lum yoki yo‘q bo‘lsa) tashkil etilgan
faoliyatning soliqqa tortiladigan oboroti bo‘lib tushum chog‘idagi
tovarlarning harid (so‘mlarga aylantirilgan) narxi bilan sotilish
narxi o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
QQS bo‘yicha ham imtiyozlar qullanib kelinishi
uni to‘lovchilariga nisbatan ma’lum engilliklarni yuzaga keltirishi
bilan birgalikda, soliq to‘lovchilarini moliyaviy natijalarining barqarorlashtirilishiga
xo‘jalik faoliyatining kengaytirilishiga ma’lum shart sharoitlar
yaratib yerilmoqda.
Soliq to‘lovchilarga nisbatan amal qilayotgan soliq imtiyozlari O‘z.
R. Soliq kodeksining2 71 moddasida izohlab berilgandir.
- QQSdan ozod etish;
- QQSning "0" (nol) darajali stavkasi.
3-Chizma
.
Shunday qilib QQSni kamaytirilgan stavkada to‘lovchilar soliq summasini umum qabu qilingan stavkadan past stavkada to‘lashadi. Imtiyozning bu turi asosan ijtimoiy zarur mahsulotlar bolalar uchun tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari va shularga o‘xshash ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga beriladigan bo‘lsa, unda imtiyozning ikkinchi turi-QQSdan ozod qilish - bir xususiyatga ega: korxona o‘zi ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni sotish bo‘yicha QQSni hisoblab chiqarmaydi va to‘lamaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan moddiy resurslar bo‘yichaQQS to‘lovchisi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, korxona QQSdan faqatgina qisman ozod etiladi. Korxona bu holda oxirgi iste’molchi bo‘lib qolmoqda va resurslar sotib olgani uchun QQSni o‘z hisobidan to‘lab bermoqda, ya’ni QQSni o‘zi ishlab chiqargan mahsulot iste’molchilariga ko‘chirib bera olmaydi.
Nol darajali stavka korxonani QQS to‘lashdan butunlay ozod qiladi. Bunda ishlab chiqaruvchi moddiy resurslar sotib olishda to‘laganQQS summasini qoplash xuquqini oladi.
1.2. Oborotdan olinadigan soliqlar auditining maqsadi va vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar qisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin:3
• Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.
• Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq.
Buni quydagi jadval orqali ko’rish mumkin:
Buni quydagi jadval orqali ko’rishimiz mumkin:
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan barcha soliq to‘lovlarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin: |
Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi |
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi. |
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, yalpi tushumdan yagona soliq, yagona yer solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi. |
• Jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlanadigan soliq. Buni quydagi jadval orqali ko’rish mumkin:
| |||
Oborotdan olinadigan solikdar auditining maqsadi byudjetga undiriladigan soliq majburiyatlarini to‘g‘ri aniqlash va hisobotlarda aks ettirish. Tulik foydalinilmagan imkoniyatlarni aniklash, korxona xodimlarining uz vazifalarni tulik bajarishni taminlaydi.
Oborotdan olinadigan soliqlar auditining buxgalteriya hisobi ob’ekti sifatidagi quyidagi vazifalari mavjud:
- oborotga doir birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish;
- hisob registrlarida aks ettirish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oboroti ya’ni realizatsiya aylanmasini aniqlash;
- soliq bazasini hisoblash;
- byudjetga o‘tkazib beriladigan soliq summasini hisoblash;
- Buxgaltira hisobi va hisobotlarining tugligini tikshirish;
- Korxonada ichli tartib-koydalarga tulik, rioya kilinishini tekshirish;
1.3 Oborotdan olinadigan soliqlar hisobining auditi:
Biz aynan birinchi turdagi soliqlar hisobi bilan, ya’ni QQS va aksiz solig‘ining buxgalteriya hisobida aks ettirilish tartibi bilan tanishamiz.
21- son BHMSga muvofiq byudjetga soliq to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarning hisob-kitoblarihi audit qilishda auditor quydagi schotlardagi yozuvlarni tekshiradi. 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyotida hisobga olinadi. Korxonalar o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida har bir soliq turiga alohida schyotlarni, masalan, 6411 “ Byudjetga QQS bo‘yicha qarz”, 6412 “Byudjetga aksiz bo‘yicha qarz” va shu kabi boshqa schyotlarni, ochishlari mumkin. Ushbu schotlardagi yozuvlarni auditor tekshirish chog’ida ushbu schotlar passiv schyotlar bu schotlarni kreditida soliq to‘lovlari bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi, ularning ko‘payishi va oxirgi qoldiqlari, debetida esa byudjetga to‘lovlarni kamaytirilishi va o‘tkazib berilishi aks ettirilishini auditor tekshiradi.
Auditor ushbu schyotdagi yozuvlarni tekshiradi 6410-schyot bu passiv schyot ushbu schyotning kreditdagi koldigini bosh kitob, oborot vidimislari bilan solishtirilib kuriladi.
Haridor va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan QQS summasi belgilangan stavka (20 foiz) bo‘yicha ikkita usulda quyidagi formulalar asosida aniqlanadi:
Bundan tashkari Auditor kuydagidarga yetibor birishi kerak:
(1) - usul. Soliqqa tortiladigan aylanma QQSsiz belgilanganda:
Sqqs = Say x S / 100 (1)
bunda: Sqqs - buyurtmachilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi.
(2)-usul. Soliqqa tortiladigan aylanmada QQS ham hisobga olinganda:
Sqqs = Tq x S / (S + 100) (2)
bunda: Tq - qo‘shilgan qiymat solig‘i ham hisobga olingan mahsulotlar qiymati.
Misol: Haridor va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotning qiymati schyot-faktura bo‘yicha QQS bilan birgalikda 240 mln. so‘m, deylik.
Ushbu misol bo‘yicha sotishdan olingan QQS summasi (2)-formulaga asosan topiladi va u 40 mln. so‘mni (240 * 20 % / 120 %) tashkil etadi. Bu holda mahsulotning qiymati QQSsiz sotish qiymati 200 mln. so‘mdan (240 -40) iborat bo‘ladi.
QQS summasi qurilish ishining QQSsiz sotish qiymatidan (1)-formula bo‘yicha hisoblanganda ham 40 mln. so‘mni (200 * 20% / 100 %) tashkil etadi.
Soliqlar bo‘yicha majburiyatlar ular bo‘yicha tuzilgan hisob-kitoblarga asosan hisoblanadi va quyidagicha aks ettiriladi:
Tovar(ish,xizmat)lar ta’minotchilardan sotib olinganda, Auditor quyidagi yozuvlarni tekshiradi.
- Aksiz solig‘i va QQS summasiga
Debet 6010,6990
Kredit 4410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar)
Tovar(ish,xizmat)lar haridor va buyurtmachilarga sotilganda,
- Aksiz solig‘i va QQS summasiga
Debet 4010,4020,4110,4120,4210,5010
Kredit 6410 (soliq turlari bo‘yicha mos schyotlar)
Soliq to‘lovlari oldin o‘tkazib berilgan bo‘nak summalariga, shuningdek boshqa
yuridik shaxslarga aktivlar, ishlar va xizmatlarni olishda to‘langan QQS summasiga kamaytiriladi. Bunday kamaytirishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 4410 “ Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha avans to‘lovlari” (turlari
bo‘yicha).
Avans to‘lovlaridan keyingi qolgan majburiyatlar summalari byudjetga belgilangan
muddatlarda o‘tkazib berilishi kerak. O‘tkazilgan majburiyatlarga quyidagi yozuvlar qilinadi:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 5010,5110,5210,5510,5530,5890 (pul mablag‘lari schyotlari)
Agar byudjet oldidagi majburiyatlar bank kreditlari va olingan qarzlar evaziga uzilsa, u holda:
Debet 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”
Kredit 6810,6820 (kredit va qarzlar schyotlari)
II BOB « BOGIZOGON» MCHJDA OBOROTDAN OLINADIGAN SOLIQLAR AUDITI:
2.1 « BOGIZAGON» MCHJda soliq tizimi va to‘laydigan soliq turlarining auditi.
Bizning korxonamiz haqida qisqacha to’xtalib o’tsak:
1.1. «Bogizogon» mas’uliyati cheklangan jamiyati, bundan keyin «jamiyat» deb yuritiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi № 3202-PF sonli «O'zbekiston iktisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoniga asosan va O'zbekiston Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 19 apreldagi № 189 sonli «Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshkaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi karoriga asosan va O'zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Kumitasi Samarkand viloyat boshkarmasining 2003 yil 27 dekabrdagi № 199-P buyrugiga asosan va «Bogizogon» MCHJ tuzish to'g'risidagi 2003 yil 29 dekabrdagi ta’sischilik shartnomasiga asosan tashkil etilgan.
Ushbu jamiyat Ustavi yangi taxrirda 2008 yil 10 dekabrdagi jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashkari umumiy yigilishi karori bilan tasdiklangan.
2008 yil 10 dekabrda imzolangan yangi taxrirdagi «Bogizogon» MCHJ ni tuzish haqidagi ta’sischilik shartnomasi ushbu Ustavning ajralmas kismi hisoblanadi.
Ta’sischilar: O'zbekiston Respublikasi fukarolari va yuridik shaxslar.
1.2. Jamiyatning tulik huquqiy nomi: «BOGIZOGON» mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Jamiyatning kiskartirilgan nomi: «BOGIZOGON» MCHJ
1.3. Jamiyatning manzilgoxi: O'zbekiston Respublikasi, Samarkand viloyati, 141503, Taylok tumani, Bogizogon kishlogi.
1.4. Ushbu Ustav O'zbekiston Respublikasining korxonalar to'g'risidagi «O'zbekiston Respublikasida mulk to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
Korxonada 2014 – yil yanvar oyida jami 196 kishi ishlagan. Ularning taqsimoti 25 – ilovada keltirilgan.
Korxonaning shtat jadvaliga muvofiq 196 kishidan iborat xodimlardan
52 nafari boshqaruv xodimlari, sex boshliqlari va mutaxasislardir. Qolgan 144 nafar xodim bevosita va bilvosita ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar hisoblanadi.
Buni quyidagi diagrammada aniqroq ko’rishimiz mumkin:
1-deagirama
5-diagramma. “Bog’izag’on” MCHJ xodimlarining tarkibi
Bizning korxonamizda ishlaydigan ishchilar soni quydagi deagiramada yaqol ko’rsatilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga to‘lovlari bo‘lib asosan soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida soliq va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartiblari Soliq Kodeksi va har bir soliq to‘lovlari bo‘yicha tasdiqlangan yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Tadqiqot obekti hisoblangan «BOGIZAGON» MCHJ soliq solish tizimiga asosan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘laydi. Ularni quyidagi xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishimiz mumkin:
• Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar – ularga aksiz solig‘i, QQS va
eksport bo‘yicha bojxona to‘lovlari kiradi.
• Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar –ularga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq,
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kiradi.
• Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar – ularga foyda solig‘i, infrastrukturani rivojlantirish solig‘i kiradi.
«BOGIZAGON» MCHJ to‘laydigan soliq turlarini quyidagi jadval asosida keltirishimiz mumkin:
«BOGIZAGON» MCHJ to‘laydigan soliq turlari
5-Chizma
Bularga xam quydagilar kiradi:
1-jadval
Korxonalarning oborotidan olinadigan soliqlar |
Korxonalarning boshqa operatsion harajatlariga kiritiladigan soliqlar |
Korxonalarning foydasidan olinadigan soliqlar |
1. QQS |
1.Mol-mulk solig‘i |
1.Foyda solig‘i |
2.Aksiz solig‘i |
2. Yer solig‘i |
2. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i |
3. Benzin, dizel va gaz ishlatganlik uchun soliq |
3. Suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq |
|
4. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq |
Soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari har chorakda mahalliy soliq
insipeksiyalariga taqdim etiladi. Faqat mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari har yilda bir marotaba soliq organlariga taqdim etiladi.
Soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlari har chorakda mahalliy soliq
insipeksiyalariga taqdim etiladi. Biz uchun korxonamizda oborotdan olinadigan soliqlar bo’yicha yani QQS, aksiz va bochxona bo’jlari auditi qanday olib borishligini kurib chiqamiz Bundan tashqari korxonamizda oborotdan olinadigan soliqlar taxlili xaqida fikir yuritishdan avval u tammondan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xajmi xaqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchiman. .
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning nomlari 2-ilovada keltirildi. Korxona tomonidan 2014-yilda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmlari va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin
“Bog‘izag‘on” MCHJning mahsulot ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida ma’lumot
2-jadval
№ |
Tovarlar nomi |
Birligi |
Ishlab chiqarish hajmi |
O‘zgarishi, % | ||
2013-yil |
2014-yil | |||||
Biznes reja |
Haqiqatda | |||||
1 |
2 |
3 |
5 |
6 |
7 |
8 |
1 |
Vino |
ming dal |
100 |
100 |
105,7 |
105,70 |
2 |
Konyak |
ming dal |
20 |
15 |
21,2 |
106,00 |
3 |
Aroq va likor mahsulotlari |
ming dal |
423,5 |
430 |
424,5 |
100,24 |
Manba. 2014-yil uchun korxonaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumoti
Jadvaldan kurinib turibdiki korxona 2014-yilda barcha mahsulotlarini o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq ishlab chiqarishga muaffaq bo‘lgan. Bundan ko‘rinadiki korxona o‘tgan yilga nisbatan o‘z faoliyatini rivojlantirishga erishgan.
“Bog‘izag‘on” MCHJning tayyor maxsuloti bo’lib quydagilar xisoblanadi: (1-ilova)
- Vino;
- Kaniyak;
- Aroq va likor mahsulotlari;
- Boshqa alkogolik maxsulotlar; (1-ilova)
SHu sababli xam ular QQS,aksiz soliqlarini to’laydilar:
Bizning korxonamiz kupincha aksiz osti tavarlarni ishlab chiqarganligi uchun ularni O’zbekiston xududiga import qilishda xamda exsport qilishda albatda aksiz markalaridan foydalaniladi. Auditor bu aksiz markalariga etibor bermog’i kerak sababi sifatsiz aksiz osti tavarlarni kirib kelishini oldini olgan bo’ladi bu aksiz markalari to’g’risidagi malumotlarni Quyidagi jadvaldan ko’rishingiz mumkin.

- Kosmētika kā sievietes dzīves sastāvdaļa
- Kriminalistika
- Labor market in Russia
- Labor market in the national economy
- Land recourses, water resources in Germany and Japan
- Language and culture.Writing skills
- Language and Means of Persuasion
- Iсторія соіології
- I. Теоретические основы проблемы развития интереса к изобразительной деятельности у детей 4-го года жизни посредством нетрадиционным техн
- JetDraft Document Suite 2008 – универсальное средство создания электронных пособий
- Jрганизационные логистические системы ЗАО "ГОТЭК"
- Jсновы маркетинговой стратегии
- Jсобенности современной кредитно денежно политики России
- «Kaspi bank» АҚ-ның тарихы, жалпы сипаттамасы